Ledesma: "Bir kun Benites kasalxonada kislorod niqobini echib, telefonda futbolchilarning mashg'ulotini o'tkazgandi"

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 17:42
"Zenit" murabbiyi Feliks Ledesma "Liverpul"da birga ishlagan Rafael Benites haqida gapirdi.

"Bir kuni u jigaridagi kasallik tufayli kasalxonaga tushib qolgandi. O'shanda u kislorod niqobida yotgandi. Bir vaqt u buni echdi va telefon qildi: "Demak, ertangi mashg'ulotlarda, buni, buni, buni qilasizlar. Bugungi mashg'ulot qanday o'tdi?", dedi. O'shanda vrachlar: "Yo'q, yo'q, jim bo'ling. Siz tiklanishingiz kerak", deb uni qaytargandi.

Biroq u noutbuk orqali buni tomosha qilib: "Yo'q, bu kerak emas, bunisi muhim". U futbol bilan yashaydi. Mana hozir o'sha kunlar o'z mevasini berganligini ko'rsak bo'ladi", - dedi Ledesma.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bombardir.ru