Leauning yuristi: "Rafaelning maqsadi - "Milan"da qolish"
01 fev 2023 23:35
Yangiliklar
Leauning yuristi: "Rafaelning maqsadi - "Milan"da qolish"
Rafael Leauning yurisiti "Milan" bilan o'tayotgan muzokaralardagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Malum bo'lishicha, "rossonerlar" va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan, chunki Leau shartnomadagi tovon puli 150 mln. evro emas, hozirgidek 70-80 mln. evro bo'lishini xohlaydi.
"Leau borasida ko'p yolg'on va chalg'ituvchi malumotlar tarqalgan, ayniqsa Italiya OAVda. Uning maqsadi bitta - "Milan" bilan shartnoma uzaytirish.
Ayni damda ikkala tomonni qoniqtiruvchi qaror izlayapmiz. Futbolchi shu klubda rivojlanib, katta maqsadlarga erishmoqchi.
Biz yozgi transfer oynasi orqali futbolchining tovon pulini pasaytirmoqchi emasmiz" - deydi yurist.
Fikrlar