Lazizbek Mirzaev "Leganes"ga o'tadimi?
04 apr 2024 10:34
Yangiliklar
Lazizbek Mirzaev "Leganes"ga o'tadimi?
Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev Ispaniyada bo'lib qaytdi.
"Leganes" yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirgan va u bilan tanishish uchun Ispaniyaga taklif qilgandi. "Football Group" agentligiga tegishli bo'lgan Mirzaev o'z agenti bilan Madridga bordi, "Leganes" klubi bilan yaqindan tanishdi va turli testlardan o'tdi.
Narzulla Saydullaevning malumotiga ko'ra, Klubga Mirzaevning harakatlari maqul kelgan va transfer amalga oshishi deyarli aniq. Faqatgina "Leganes" futbolchining 18 yoshga to'lishini kutishga majbur. Lazizbek oktyabr oyida 18ga to'ladi. Ispaniya klubi 2025 yil yanvar oyida transfer oynasi ochilganida o'zbekistonlik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar