Lazizbek Mirzaev "Leganes"ga o'tadimi?

Narzulla Saydullayev
4 apr 2024, 10:34
Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston o'smirlar tyerma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev Ispaniyada bo'lib qaytdi.

"Leganes" yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirgan va u bilan tanishish uchun Ispaniyaga taklif qilgandi. "Football Group" agentligiga tegishli bo'lgan Mirzaev o'z agenti bilan Madridga bordi, "Leganes" klubi bilan yaqindan tanishdi va turli testlardan o'tdi.

Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, Klubga Mirzaevning harakatlari maqul kelgan va transfyer amalga oshishi deyarli aniq. Faqatgina "Leganes" futbolchining 18 yoshga to'lishini kutishga majbur. Lazizbek oktyabr oyida 18ga to'ladi. Ispaniya klubi 2025 yil yanvar oyida transfyer oynasi ochilganida o'zbekistonlik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishi kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia