Laporta 2024 yil haqida: "Barsa"ning 125 yilligini Messi bilan yangi stadionda nishonlamoqchiman"
11 jan 2021 16:18
Yangiliklar


Laporta 2024 yil haqida: "Barsa"ning 125 yilligini Messi bilan yangi stadionda nishonlamoqchiman"
"Barselona" prezidentligi uchun nomzod Joan Laporta (2003-2010 yillarda ushbu lavozimda bo'lgan) "Kamp Nou"ning rekonstrukciyasi haqida gapirdi.
"Men klubning 125 yilligini Leo Messi bilan yangi "Kamp Nou"da nishonlashni xohlardim. Stadion borasidagi savol oddiy emas, uning qurilishiga 2 yil ketadi.
Leo bilan vaziyat stadionga qaraganda osonroq. Ushbu yubileyni Messi bilan nishonlash ajoyib bo'lar edi, bu yaxshi final feyerverki bo'lar edi", - deydi Laporta.
"Barselona" 2024 yilning noyabrida 125 yilligini nishonlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar