Lam Noyerning faoliyati tahsinga sazovor ekanligini aytdi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2021, 20:36
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" sobiq sardori Filipp Lam darvozabon Manuel Noyer 40 yoshgacha o'ynay olishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ishonamanki, Manu 40 yoshgacha o'ynashni eplaydi. U ajoyib yigit, jahon darajasidagi darvozabon. Balki tarixdagi eng kuchli posbon. Odatda u doim yaxshi formada bo'ladi", – dedi Lam.

Lam Noyer bilan birgalikda "Bavariya"da 6 muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazgan. Bundan tashqari, ular 2014 yilda Germaniya termasi bilan jahon chempionligiga erishishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.de