LaLiga klubi mavsumda uchinchi marta bosh murabbiyini istefoga chiqardi
21 mar 2023 20:29
Yangiliklar


LaLiga klubi mavsumda uchinchi marta bosh murabbiyini istefoga chiqardi
"Elche" klubi Pablo Machinning istefosini elon qildi.
Klubdagilar LaLiga 26-turi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan keyin istefo borasida qaror chiqardi. Machin klubga 4 oy ishladi va uning qo'l ostida jamoa LaLiganing 12 o'yinida faqatgina 2 marta g'alabaga erishdi.
Machin - "Elche" ushbu mavsumda istefoga chiqargan uchinchi murabbiy. Ushbu mavsumda "Elche"da Fransisko Rodriges va Xorxe Almiron kabi mutaxassislar ham ishladi. Jamoa ayni damda liganing so'nggi pog'onasida bormoqda. 13 ochko jamg'argan alikanteliklar 19-o'rindagi "Almeriya"dan 13 ochko ortda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar