So’nggi yangiliklar

07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  4 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  0 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  26 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  12 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3

LaLiga. "Barselona" "Sevilya"ni mag'lub etdi va jadvalda "Real"dan o'zib ketdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" "Sevilya"ni mag'lub etdi va jadvalda "Real"dan o'zib ketdi

Ispaniya chempionati 25-turidan o'rin olgan markaziy bahs yakuniga etdi.

Sevilla

LaLiga . 25-tur

27/02/2021, 20:15

2
:
0
Tugadi

Barcelona

Ousmane Dembele - 29', Lionel Messi - 85'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
31'  Fernando
38'  Diego Carlos
45'  Sergio Escudero
46'  Munir El Haddadi (Youssef En-Nesyri)
46'  Diego Carlos (Karim Rekik)
46'  Alejandro Gomez (Suso)
46'  Karim Rekik
63'  Ivan Rakitic (Oscar Rodriguez)
63'  Luuk de Jong (Oliver Torres)
88'  Joan Jordan
29'  Ousmane Dembele
29'  Lionel Messi
42'  Lionel Messi
67'  Gerard Pique (Ronald Araujo)
71'  Pedri (Ilaix Moriba)
82'  Ousmane Dembele
82'  Ousmane Dembele (Martin Braithwaite)
82'  Ronald Araujo (Samuel Umtiti)
85'  Lionel Messi


"Sevilya" – "Barselona" 0:2

"Ramon Sanches Pisxuan"

Gollar: 0:1 – 29 Dembele, 0:2 – 85 Messi.

"Sevilya" – Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos (Rekik, 46), Eskudero, Jordan, Rakitich (Oskar Rodriges, 63), Fernando, Gomes (Suso, 46), Munir (En-Nesiri, 46), de Yong (Oliver Torres, 63).

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Mingesa, Alba, Dest, Dembele (Breytueyt, 82), de Yong, Pedri (Moriba, 71), Buskets, Pike (Arauxo, 67; Umtiti, 82), Messi.

Ogohlantirishlar: Fernando (31), Diego Karlos (38), Messi (42), Eskudero (45), Rekik (46), Dembele (82), Jordan (88).


LALIGA TURNIR JADVALI


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOOOL! MESSI! Moriba bilan devor uslubida o'ynagan Leo qarshisidagi yana bir raqibni aldab o'tdi va darvozabonni ham dog'da qoldirdi. 0:2!

83. Ennesiri raqib maydonchasida yiqildi, biroq hakam ofsayd yo'qligini aytdi.

82. O'zgarish: Dembele o'rniga Breytueyt, jarohat olgan Arauxo o'rniga ,mtiti maydonga tushdi.

80. GOOOL! YO'Q! Ennesiri to'pni o'ziga to'g'irlashda qo'lini ishga soldi va shundan so'ng darvozani ishg'ol qildi. Hakam golni hisobga olmadi.

79. LANGLEEEE! Messining ajoyib uzatmasidan so'ng Kleman boshi bilan darvozaga zarba berdi, ammo to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi. Buning ustiga ofsayd ham bor ekan.

71. "Barselona" safida o'zgarish: Pedri o'rniga Moriba maydonga tushdi.

68. GOL! YO'Q! Messining uzatmasi paytida Langle ofsaydda turgan ekan, shu sababli Klemanning goli hisobga olinmadi.

60. Dembele raqibni aldab, to'pni Messining yo'liga tashlab berdi, Leo esa zarbada xatoga yo'l qo'ydi. Aslida bunday vaziyatlarda futbolchilar aks rollarda bo'lishardi.

59. ZARBAAAA! Dembele zarbasini "Sevilya" himoyachilari qaytarishdi, qaytgan to'pga Dest kuchli zarba berdi, to'p esa ustunga tegib qaytdi.

52. "Barselona" ikkinchi golni urishga yaqin keldi, ammo Xordi Alba qanotdan uzatilgan to'pga eta olmadi.

51. Navas o'zining sevimli qanotidan hujum uyushtirdi va chap oyog'i bilan darvozani ishg'ol qilishga urindi. Ter SHtegen esa to'pni osonlik bilan egallab oldi

47. Sariq kartochka. Karim Rekik qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. Qizig'i - Rekik sariq kartochkasi bor Diego Karlos o'rniga maydonga tushgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Messi yana qoida buzdi, biroq bu safar qarshi hujumni to'xtatdi, ammo hakam kartochka ko'rsatgani yo'q.

42. Messi juda xavfli o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. Leoning jahli chiqqan ko'rinadi.

38. Diego Karlos Messiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

35. "Barselona" joriy mavsum ilk marotaba to'psiz juda yaxshi o'ynayapti. Ronald Kumanning mehnati asta-sekin ko'rinmoqda.

33. Ter SHtegen pas berishda xatoga yo'l qo'ydi va Papu Gomes to'pni egallab oldi, ammo uning uzatmasidan so'ng to'pni darvozabon egallab oldi va xatosini to'g'irladi.

29. GOOOOL! USMON DEMBELE! Messi ajoyib uzatma orqali Dembeleni raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqardi va Usmon to'pni darvozabon oyoqlari ostidan o'tkazib, darvozani ishg'ol qildi.

26. "Barselona"ning yosh futbolchisi hisoblangan Mingesa va Kataloniya klubi sobiq o'yinchisi Rakitich o'rtasida kelishmovchilik paydo bo'ldi. Hakam ularni yarashtirib qo'ydi.

22. Dembele qarshisidagi bir himoyachiga nisbatan aldash harakatlarini ishlatdi va chap oyog'i bilan raqib darvozasini uzoq burchagini nishonga olishga urindi, biroq Bunu to'pni egallab oldi.

19. Ikkala jamoa ham golga tortadigan birorta hujum tashkil qila olgani yo'q. O'yinda tenglik hukm surmoqda.

16. Ayni damda "Sevilya" sobiq futbolchisi Antonio Puerta sharafiga qarsak chalinmoqda. Albatta faqat zaxiradagi futbolchilar ijrosida.

11. Rakitichning "Barselona" jarima maydonchasiga uzatgan to'piga birinchi bo'lib Ter SHtegen etib keldi va raqib hujumini bartaraf etdi.

4. Turnir jadvaliga etibor bersak, "Barselona" 50 ochko bilan 3, "Sevilya" esa 48 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi. Biroq "Ramon Sanches Pisxuan" egasi bitta o'yin kam o'tkazgan.

1. "Ramon Sanches Pisxuan" stadioniga xush kelibsiz! Uchrashuv boshlandi.

"Sevilya" – "Barselona"

20.15, "Ramon Sanches Pisxuan"

"Sevilya" – Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos, Eskudero, Jordan, Rakitich, Fernando, Gomes, Munir, de Yong.

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Mingesa, Alba, Dest, Dembele, de Yong, Pedri, Buskets, Pike, Messi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика