So’nggi yangiliklar

11:27"Барселона"да мавсум бошланмай туриб иккинчи йўқотиш  0 10:56«Бухоро» Тожикистонда йиғин ўтказмоқда. Йиғинда «Андижон» ва «Локомотив» футболчилари ҳам бор  1 10:31Неймар 9 ойлик танаффусдан сўнг «Ал Ҳилол» машғулотларига қайтди  2 10:05«Пахтакор» яна бир маҳоратли ҳужумчи билан шартнома тузди  13 09:53“Машъал” тўрт нафар футболчи билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 09:39Истеъфога чиққан Саутгейт кетиш олдидан нималар деди?  5 09:15«Қўқон-1912» жамоаси ёзги трансфер ойнасида легионер футболчи билан шартнома тузди  3 08:48Аргентина терма жамоаси футболчилари узоқ муддатга футболдан четлатилишлари мумкин  42 08:26«Андижон» ёзги йиғиннинг илк назорат учрашувида йирик ғалабани қўлга киритди. Таркибда қандай ўзгаришлар бор?  4 08:00УEФА матбуот хизмати Евро-2024 рамзий терма жамоани эълон қилди  18 07:36Расман: «Рома» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  2 00:55Роналду, Мбаппе ва Гризманн Евро-2024 омадсиз рамзий жамоасидан ўрин олди  8 00:38Мората "Атлетико" билан хайрлашди. Ҳужумчи "Милан"га ўтади  1 00:10Япония терма жамоаси дарвозабони А Серия клубига ўтди  7 23:53Месси тўпиғидан олган жароҳати сабабли "Интер Майами"нинг бир нечта ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  5

La Liga. "Barselona" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, muhim ochkolardan ayrilib qoldi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, muhim ochkolardan ayrilib qoldi

La Liganing 24-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Kadis" bahsi yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi - 32'

LaLiga . 24-tur

21/02/2021, 17:00

1
:
1
Tugadi

Cadiz

Alex Fernandez - 89'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

45'
90'
32'  Lionel Messi
65'  Antoine Griezmann (Martin Braithwaite)
65'  Sergio Busquets (Miralem Pjanic)
74'  Pedri (Trincao)
80'  Ousmane Dembele (Ricard Puig)
80'  Sergino Dest (Oscar Mingueza)
58'  Jon Ander (Jose Mari)
59'  Jairo (Alex Fernandez)
59'  Alvaro Negredo (Anthony Lozano)
62'  Salvi Sanchez (Ivan Alejo)
76'  Alberto Perea (Jens Joensson)
82'  Ivan Alejo
85'  Jose Mari
89'  Alex Fernandez


"Barselona" – "Kadis" 1:1

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 32, penalti Messi, 1:1 – 89, penalti Aleks Fernandes.

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Dest (Mingesa, 80), Alba, Pike, Buskets (Pyanich, 65), de Yong, Pedri (Trinkau, 74), Dembele (Puch, 80), Messi, Grizmann (Breytueyt, 65).

"Kadis" – Ledesma, Karselen, Markos Mauro, Espino, Fali Ximenes, Salvi Sanches (Alexo, 62), Garrido (Xose Mari, 58), Iskerdo (Aleks Fernandes, 59), Perea (Yonsson, 76), Negredo (Losano, 59), Sobrino.

Ogohlantirishlar: Alexo (82), Xose Mari (85).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. "Barselona" ko'pchilik bo'lib raqib maydonchasida hujum tashkil qilishga urinishmoqda, ammo hozircha bu foyda bermayapti.

90+2. PIKEEE! Jerar yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi, biroq oldinroq ofsayd qayd etilgan ekan.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOOOL! "Kadis" hisobni tenglashtirdi. Aleks Fernandes penaltini aniq amalga oshirdi.

88. "Barselona" darvozasi tomon penalti belgilandi! Langle to'pga zarba beraman dnb raqib oyog'iga tepib yubordi. Mana senga syurpriz!

85. "Kadis" futbolchisi Messini futbolkasi yirtib yuboradigan darajada Leoga osildi, ammo argentinalik pas berishga ulgurhi. Hujum Puchning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

84. Messi raqib maydonchasida yiqildi, ammo hakam fol yo'qligini aytdi. Takroriy lavhada Leo to'pni oldinroq yo'qotgani ko'rindi.

80. O'zgarish: Usmon Dembele o'rniga Riki Puch, Dest o'rniga Mingesa maydonga tushishdi.

78. Pyanich jarima maydonchasiga yaqin hududdan "Kadis" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo zarba noaniq.

73. "Barselona" raqib jarima maydonchasini qamal qilishgan va tinimsiz hujumlar uyushtirishmoqda.

65. O'zgarish: Grizmann o'rniga Breytueyt, Buskets o'rniga Pyanich maydonga tushdi.

64. Messi bosh bilan darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo Leoning bu borada tajribasi kamligi tufayli zarba noaniq bo'ldi.

60. LEOOO... ANTUAAAN... Messi jarima maydonchasi ichida to'pni ko'kragi bilan to'xtatdi va uni Grizmannga uzatdi, pas kuchsiz bo'lgani tufayli Antuan to'pga zarba bera olmadi.

55. Dembelening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

49. ZARBAAA... Ximenesning 14-15 metrdan bergan zarbasidan so'ng to'p "Barselona" darvozasi yonidan o'tib ketdi, biroq to'p darvozaga kirganidan ham hisobga olinmasdi, chunki hakamning fikricha zarbadan oldingi to'p uchun kurashda "Kadis" futbolchisi qoida buzgan ekan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. GOL! AFSUSKI YANA OFSAYD! Bu safar ham "Barselona" raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq u hisobga olinmadi.

39. GOL! YO'Q! De Yong gol urdi, ammo pas paytida u ofsaydda ekan.

38. To'p hakamning qo'liga tegdi va o'yin to'xtatildi. Referi bahsga halal bergani uchun to'pni uzatma amalga oshirgan jamoaga qaytarib berdi.

33. ZARBAAA! SOBRINOOOO... Negredoga uzatilgan to'pdan so'ng Langle to'pni silab o'tib ketdi va Sobrino darvozaga tizzasi bilan juda yaqin masofadan zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

32. Messi so'nggi uch penaltisidan 2tasini golga aylantirgan ekan. Xo'sh, bu safar nima bo'ladi? ZARBAAAA... GOOOOL! Argentinalik forvard osonlik bilan hisobni ochdi.

31. PENALTI! Pedri raqib jarima maydonchasi ichida ikki futbolchi orasidan o'tib ketayotganida himoyachilardan biri uni yiqitdi.

29. MESSIIII! Leoning ajoyib zarbasini Ledesma qiyinchilik bilan qaytardi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

25. Hakam VARga murojaat qildi. Biroz oldin Alba to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatayotganda to'p raqib qo'liga tegdi, ammo himoyachining qo'li tabiiy holatda edi. VAR penalti yo'q dedi.

23. Destning o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'pini De Yong oyoqlari orasidan o'tkazdi va Messi ushbu hujumni o'ng oyoqdagi zarbasi bilan yakunlashga urindi, ammo zarba kuchli bo'lmadi va posbon to'pni egallab oldi.

22. Messi Pedrining ajoyib uzatmasidan so'ng o'ta xavfli hujum boshladi va to'pni chaproqda ochiq turgan Grizmannga uzatdi, ammo Antuan to'pni to'xtatib, unga zarba bergunicha raqiblar darvoza yo'ligi to'sib olishdi.

18. Dembele "zamax"da bir futbolchidan qutildi va o'ng oyog'i bilan to'pga kuchli zarba berdi, ammo zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

16. Xordi Albaning jarima maydonchasiga tashlagan to'piga birinchi bo'lib Ledesma chiqdi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi orqali amalga oshirilgan hujumni Alba yakunlandi, ammo uning zarbasi noaniq bo'ldi.

13. Dembelening uzatmasidan so'ng Dest katta tezlik bilan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va bir futbolchini aldab o'tishga ulgurdi, ammo uning oshirgan to'pi o'z manziliga etib bormadi.

9. "Barselona" jarima maydoni burchagi oldida standart ishlab oldi va uni Messi ijro etdi. Zarbadan so'ng Ledesma ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.

4. Eslatib o'tamiz! Lionel Messi "Barselona" safida LaLiga uchrashuvlarida eng ko'p maydonga tushgan futbolchiga aylandi. O'zining 506 bahsida ishtirok etayotgan argentinalik Xavidan (505ta bahs) o'zib ketdi.

3. Alba to'pni o'z qanotidan jarima maydonchasiga tashlashga urindi, himoyachilar yaxshi harakat qilishdi.

2. Messi Pedri bilan "devor" uslubida o'ynab, raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo "Kadis" himoyachilari to'pni olib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Barselona – Kadis

"Kamp Nou"

Barselona – ter Stegen, Langle, Dest, Alba, Pike, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Grizmann.

Kadis – Ledesma, Karselen, Markos Mauro, Espino, Fali Ximenes, Salvi Sanches, Garrido, Iskerdo, Perea, Negredo, Sobrino.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика