"Lacio" o'yinchisi Franciya klubiga o'tdi
10 iyu 2020 13:44
Yangiliklar


"Lacio" o'yinchisi Franciya klubiga o'tdi
Franciyaning "Reyms" klubi "Lacio" yarim himoyachisi Valon Berishaning transferini elon qildi.
27 yoshli kosovalik futbolchi yangi klubi bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi, Berisha "Reyms"da 14-raqam ostida to'p tepadi. Bitimning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti.
Eslatib o'tamiz, Valon Bershia "Lacio"ga 2018 yilda o'tgandi, ammo u "burgutlar" tarkibida o'z o'rnini topa olmadi.
O'yinchi mavsumning ikkinchi qismini Bundesligadan chiqib ketgan "Fortuna" jamoasida o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar