"Lacio" Luis Albertoni 70 million evro evaziga sotishga tayyor
29 apr 2021 17:38
Yangiliklar
"Lacio" Luis Albertoni 70 million evro evaziga sotishga tayyor
"Lacio" yarim himoyachi Luis Albertoga narx belgiladi.
Rim klubi 28 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashishni xohlamayapti, ammo o'yinchiga ehtimoliy xaridorlar uchun 70 million evro miqdorida narx belgiladi.
O'yinchining poytaxt klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Alberto joriy mavsum "Lacio" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar