La Ligada restartdan so'ng ilk o'yin katta ehtimol bilan 11 iyunda o'tkaziladi, yangi mavsumning qachon boshlanishi ham malum
29 may 2020 15:30
Yangiliklar
La Ligada restartdan so'ng ilk o'yin katta ehtimol bilan 11 iyunda o'tkaziladi, yangi mavsumning qachon boshlanishi ham malum
La Liga prezidenti Xaver Tebas mavsumning davom ettirilishi yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, La Liga kelasi mavsumni 12 sentbyardan boshlash borasida ish olib bormoqda. Tebas shuningdek joriy mavsumdagi restart 11 iyundan boshlanishi ehtimoli katta ekanligini aytdi.
"Yaratganning yordami bilan mavsumni 11 iyundan davom ettiramiz. 130dan ortiq inson restart uchun mehnat qilishmoqda. Kelasi mavsum 12 sentyabrda boshlanadi", - deydi Tebas.
Oldinroq, 11 iyunda "Sevilya" va "Betis" jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan La Ligaga restart berilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar