La Liga. “Xetafe” g'alaba qozonib, musobaqa jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi

18 yanv 2020, 07:14
La Liga 20-turi doirasida birinchi bellashuv o'tkazildi.

Unda “Leganes” o'z uyida “Xetafe”ni qabul qilib, 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng “Xetafe” ochkolari sonini 33 taga etkazib, musobaqa jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. “Leganes” esa 14 ochko bilan 19-o'rindan joy olib turibdi.

Leganes – Xetafe 0:3

Gollar: 0:1 – 12 Kabrera, 0:2 – 21 Nom, 0:3 – 33 Mata.

Leganes – Kuelyar, Tarin (Resio, 46), Omeruo, Bustinsa, Silva, Mesa (Arnais, 57), Oskar Rodriges (Ruibal, 77), Ruben Peres, Rodriges, Karrilo, Breytueyt.

Xetafe – Soriya, Nom (Etebo, 31), Djene, Suares, Kukurelya (Fajr, 89), Arambarri, Maksimovich, Kabrera, Olivera, Mata, Molina (Duro, 84).

Ogohlantirishlar: Nom (15), Mesa (53), Breytueyt (56), Maksimovich (64), Arnais (66), Mata (72), Resio (76), Silva (90), Ruben Peres (90).

MUSOBAQA JADVALI BILAN TANISHING!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia