So’nggi yangiliklar

13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  0 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  3 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  14

La Liga. "Real" safarda "Deportivo"ni yirik hisobda mag'lub etdi FOTO Yangiliklar

La Liga. "Real" safarda "Deportivo"ni yirik hisobda mag'lub etdi FOTO

Ispaniya chempionatining 1-turida amaldagi chempion "Real" safarda "Deportivo" mehmoni bo'ldi.


Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" o'zining g'alabali seriyasini "Riasor"da ham davom ettirdi. La Liganing ilk turida "Deportivo" mehmoni bo'lgan "Real" raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p yo'lladi va o'z darvozasini daxlsiz saqlashga erishdi.
Beyl, Kazemiro va Kroosning kiritgan gollari yakunda madridliklarga yirik g'alabani taqdim etdi.
Keylor Navas esa uchrashuv so'nggida belgilangan penaltini ham qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
SHu tariqa amaldagi chempion chempionatni ishonchli va yirik g'alaba bilan boshladi.

Ispaniya chempionati, 1-tur. Turnir jadvali


Deportivo – Real Madrid 0:3

Riasor

Gollar
: 0:1 – 20 Beyl, 0:2 – 27 Kazemiro, 0:3 - 62 Kroos.

Deportivo
– Martines, SHer, Luizinyu, Xuanfran, Sidney, Gilerme, Moskera, Kartabiya (Borxa Vale, 79), Borxes (Adrian, 65), Bakkali (Gama, 54), Andone.

Real Madrid
– Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Asensio, 66), Kazemiro (Markos Lorente, 72), Kroos, Modrich, Beyl (Vaskes, 80), Benzema.

Ogohlantirishlar
: Bakkali (24), SHer (53), Ramos (53), Modrich (57), Kartabiya (60), Moskera (84), Andone (87).

CHetlatish
: Ramos (90).



O'yin sharhi:

1. UCHRASHUV BOSHLANDI.

8-daqiqa: "Deportivo" kutilmaganda uchrashuvni ancha hujumkor ruhda boshladi va "Real" darvozasi oldida ketma-ket ikki bor xavfli vaziyat sodir etdi.

Andonening darvoza tomon yo'llagan har ikkala xavfli zarbasini Navas qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

12-daqiqa: "Real"ning chap qanoti nisbatan faol o'ynamoqda. Marseloning tezligi evaziga tashkil etilayotgan hujumlarni raqib jarima maydonchasi ichida samarali yakunlay oladigan futbolchi topilmayapti.

20-daqiqa: GOLLLLLLLLLLL! Garet Beyl! Modrichning darvozaga yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Benzema esa qaytgan to'pni qulay vaziyatga turgan Beylga uzatdi, uelslik futbolchi esa bo'sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg'ol etdi - 0:1.

27-daqiqa: GOLLLLLLLLLLLLLL! Kazemiro! Marseloning chap qanotdan uzatib bergan to'pini raqib jarima maydonchasi ichida bo'sh turgan Kazemiro ortiqcha qiyinchiliksiz darvozaga joylab qo'ydi - 0:2.


31-daqiqa: "Real" o'yin nazoratini qo'liga olgan. "Deportivo" ikkinchi goldan keyin biroz bo'shashdi. Lekin maydon egalarining har hujumga o'tishi xavfli tus olmoqda.

39-daqiqa: "Real" katta kuch sarflab hujumga o'tishga shoshilmayapti. "Deportivo" esa o'yin tizginini yana o'z qo'liga olishga urinmoqda.

42-daqiqa: Andone yana bir bor Navas qo'riqlayotgan darvozaga xavf solib ko'rmoqchi bo'ldi. Ammo uning boshi bilan yo'llagan zarbasini "Real" darvozaboni ushlab oldi.

- Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus.

46-daqiqa: Ikkinchi bo'lim boshlandi.

51-daqiqa: "Riasor"da janjal! Hammasiga Ramos aybdor! "Real" sardori raqib futbolchisini yuziga ochiqchasiga qo'li bilan zarba berdi va maydonda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Fabian SHaar va Ramosga hakam ogohlantirish ko'rsatdi.

56-daqiqa: Modrich taktik fol ishlatgani uchun sariq kartochka bilan siylandi.

58-daqiqa: "Deportivo"ning navbatdagi hujumini Ramos darvoza chizig'i oldidan bartaraf etdi.

61-daqiqa: Beylning jarima zarbasidan tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

62-daqiqa: GOLLLLLLLLLLLLLLLL! KROOS! "Real"ning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlandi. Garet Beyl chap qanotda paydo bo'ldi va hujumni rivojlantirish maqsadida to'pni Kroosga uzatdi. Toni Kroos esa jarima maydonchasi oldidan o'z uslubida darvozani "o'qqa" tutdi. To'p esa yo'l-yo'lakay raqib himoyachisiga tegib darvoza to'ridan joy oldi - 0:3.


63-daqiqa: "Deportivo" hisobni qisqartirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo darvoza to'sini "Real"ni goldan saqlab qoldi.

70-daqiqa: "Deportivo" mavsumdagi ilk o'yinda o'z muxlislari uchun hech bo'lmasa bitta gol urish uchun harakat qilishmoqda. Ammo hozircha "Real" qurg'onini yorib o'tish ularga nasib etmayapti.

75-daqiqa: O'yin tempi ancha pasaydi.

80-daqiqa: "Real" to'pni nazorat qilmoqda.

88-daqiqa: "Real" darvozasi tomon penalti belgilandi.

89-daqiqa: Andonening 11-metrlik nuqtadan tepgan zarbasini Keylor Navas qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

90-daqiqa: Ramosning navbatdagi qo'polligi va hakam "Real" sardoriga ikkinchi sariq kartochkani va keyin qizil kartochkani ko'rsatdi. Ramos o'yinni erta yakunlashga majbur bo'ldi.

O'YIN TUGADI.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика