La Liga Messini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi
11 iyu 2021 00:32
Yangiliklar
La Liga Messini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi
"Barselona" Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatini qo'lga kiritdi.
"As" nashrining xabar berishicha, klubda maoshlar bilan bog'liq ishlar tartibga keltirildi va La Liga tomonidan "Barsa" ga Messini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi.
Hozirda Messining yangi shartnomasi bilan uning otasi shug'ullanmoqda. Bunga sabab, Messining Amerika kubogidan etibori chalg'imasligidir. Futbolchi va klub o'rtasidagi yangi bitim yaqin kunlarda elon qilinishi kutilmoqda.
Bu tarafda esa, PSJ rahbariyati Messidan umid qilishda davom etmoqda. "Barselona" bilan kelishuv amalga oshmagan holda, Messi faoliyatini Parijda davom ettirishi mumkin.
Fikrlar