So’nggi yangiliklar

14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  3 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  10 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  1 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  5 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  11 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  19 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  1 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  8 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  16 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  12

La Liga. Mag'lubiyatlar girdobidagi “Atletiko Madrid” “Vilyarreal” mehmoni bo'ladi va 25-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. Mag'lubiyatlar girdobidagi “Atletiko Madrid” “Vilyarreal” mehmoni bo'ladi va 25-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Kecha Ispaniya chempionatida 25-tur o'yinlari start oldi.

O'tgan turda nimalar bo'lgan edi? “Real Madrid” mehmonda “Valyadolid” ustidan 0:1 hisobida g'alaba qozondi. “Barselona” o'z maydonida “Kadis” bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. “Real Sosedad” “Alaves”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (4:0). “Atletiko Madrid” esa o'z maydonida mag'lubiyat qabul qilib oldi. “Levante”ga qarshi o'yinda jamoa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu va boshqa natijalar bilan yakuniga etgan 24-turdan so'ng oldinda 25-tur kutmoqda. Quyida mazkur turning qiziqarli uchrashuvlari anonsi bilan tanishing.

Kecha turning dastlabki o'yinida bir kishi kam bo'lib qolgan "Atletik Bilbao" futbolchilari "Levante" maydonida 1 ochko ishlab olgan edi.

Turning markaziy uchrashuvi – “Sevilya” – “Barselona”

Oxirgi vaqtlar ishlari biroz orqaga ketayotgan “Barselona” mehmonda turnir jadvalida o'zidan 2 ochko orqada qolayotgan “Sevilya” bilan o'ynaydi. Qo'shimchasiga sevilyaliklar kataloniyaliklarga qaraganda bir o'yin kam o'tkazgan. “Barselona” ECHLdagi mag'lubiyat, “Kadis” bilan durangdan so'ng hafta o'rtasida “Elche”ga qarshi o'yin o'tkazdi hamda g'alaba qozondi. “Sevilya” esa o'tgan turda “Osasuna”ni mag'lub etgan edi. Ushbu bahsni hech ikkilanmay markaziy o'yin deyish mumkin. 27 fevral kuni soat 20:15 da boshlanadigan o'yin qanday natija bilan yakuniga etishini ko'ramiz.

Sevilla

LaLiga . 25-tur

27/02/2021, 20:15

2
:
0
Tugadi

Barcelona

Ousmane Dembele - 29', Lionel Messi - 85'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
31'  Fernando
38'  Diego Carlos
45'  Sergio Escudero
46'  Munir El Haddadi (Youssef En-Nesyri)
46'  Diego Carlos (Karim Rekik)
46'  Alejandro Gomez (Suso)
46'  Karim Rekik
63'  Ivan Rakitic (Oscar Rodriguez)
63'  Luuk de Jong (Oliver Torres)
88'  Joan Jordan
29'  Ousmane Dembele
29'  Lionel Messi
42'  Lionel Messi
67'  Gerard Pique (Ronald Araujo)
71'  Pedri (Ilaix Moriba)
82'  Ousmane Dembele
82'  Ousmane Dembele (Martin Braithwaite)
82'  Ronald Araujo (Samuel Umtiti)
85'  Lionel Messi

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida bo'lib o'tgan 153 o'yinning 36 tasida “Sevilya”, 83 tasida esa “Barselona” g'alaba qozongan. 34 uchrashuvda tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:

Lukas Okampos, Markos Akunya (“Sevilya”). Ansu Fati, Serxi Roberto, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”).

Mag'lubiyatlar girdobidagi “Atletiko Madrid” “Vilyarreal” mehmoni bo'ladi

Madridning “Atletiko”si o'z o'yinini stabil ko'rsatdi-yu, lekin so'nggi kunlarda biroz oqsoqlanishni boshladi jamoa. CHempionlar ligasida “CHelsi”ga mag'lubiyat, La Liga doirasida “Levante”ga imkoniyat boy berilishi ularga tasir qilgani aniq. Qizig'i, ushbu uchrashuvlarning barchasi Madridda bo'lib o'tgan. “Vilyarreal” o'tgan turda mehmonda “Atletik Bilbao” bilan durang o'ynadi. Jamoa ayni vaqtda 24 o'yin o'tkazib, 37 ochkoga ega. G'alaba qozonsa bir pog'ona yuqorila olmas, lekin mag'lubiyat ularni pastga tushirib yuborishlari mumkin. O'z maydonida oxirgi vaqt ishlari yurishmayotgan jamoani mag'lub etishga harakat qilishlari aniq. O'yin 28 fevraldan 1 martga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. 

Villarreal

LaLiga . 25-tur

01/03/2021, 01:00

2
:
0
Tugadi

Atletico Madrid

Alfonso Pedraza - 25', Joao Felix - 69'

Stadion: Estadio de la Ceramica, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
33'  Jaume Costa
51'  Raul Albiol
60'  Moi Gomez (Carlos Bacca)
60'  Alfonso Pedraza (Pervis Estupinan)
71'  Etienne Capoue (Jaume Costa)
71'  Manuel Trigueros (Alejandro Baena)
25'  Alfonso Pedraza
35'  Felipe
45'  Thomas Lemar
46'  Thomas Lemar (Joao Felix)
47'  Saul Niguez
69'  Joao Felix
76'  Luis Suarez (Geoffrey Kondogbia)
83'  Angel Correa (Lucas Torreira)

O'zaro o'yinlar: Jami bo'lib o'tgan 39 o'yinning 14 tasi “Vilyarreal”, yana 14 tasi esa “Atletiko Madrid” g'alabasi bilan tugagan. 1 o'yinda esa durang qayd etilgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:

Alberto Moreno, Francis Koklen, Mario Gaspar, Visente Iborra (“Vilyarreal”). SHime Vrsalko, Yannik Karrasko (“Atletiko Madrid”).

Etakchilarsiz qolgan “Real Madrid” “Real Sosedad”ni qabul qiladi

Madridning “Real”ida ko'p etakchilar jarohat olgan. ECHL va La Liga doirasidagi so'nggi bahslarda jamoa g'alaba qozondi, lekin qiyinchilik bilan. Ayniqsa, CHempionlar ligasi nimochorak final uchrashuvida jamoa 86-daqiqada himoyachi Mendining goli evaziga g'alaba qozondi. “Real Sosedad” ayni vaqtda turnir jadvalida 5-o'rinda. Mag'lubiyat ularni pastga tushirib qo'ymaydi. 24-turda jamoa o'z uyida “Alaves”ni tor-mor etdi. Bu bahs ham “Real Madrid”ga oson bo'lmasligi aniq. Mazkur o'yin 1 martdan 2 martga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. 

Real Madrid

Vinicius Junior - 89'

LaLiga . 25-tur

02/03/2021, 01:00

1
:
1
Tugadi

Real Sociedad

Cristian Portu - 55'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
61'  Isco (Vinicius Junior)
61'  Marco Asensio (Rodrygo)
61'  Mariano Diaz (Hugo Duro)
76'  Luka Modric (Federico Valverde)
89'  Vinicius Junior
89'  Lucas Vazquez
55'  Cristian Portu
55'  Nacho Monreal
72'  Cristian Portu (Ander Barrenetxea)
76'  Andoni Gorosabel
82'  Alexander Isak (Carlos Fernandez)
82'  Andoni Gorosabel (Modibo Sagnan)
85'  David Silva (Aihen Munoz)

O'zaro o'yinlar: Ispaniya chempionati doirasida o'tkazilgan 147 o'yinning 83 tasida “Real Madrid”, 26 tasida esa “Real Sosedad” g'alaba qozongan. 38 uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:

Federiko Valverde, Marselo, Eden Azar, Alvaro Odriosola, Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rodrigo, Karim Benzema (“Real Madrid”). Xoseba Saldua, Arits Aranbarri, Luka Sangali, Migel Anxel Moyya, Arits Elustondo, Karlos Fernandes (“Real Sosedad”).

SHuningdek, mazkur turda quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:

27.02  18:00  (Toshkent vaqti)  “Eybar” – “Ueska”

27.02  22:30  (Toshkent vaqti)  “Alaves” – “Osasuna”

27.02  01:00  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Valensiya”

28.02  18:00  (Toshkent vaqti)  “Selta” – “Valyadolid”

28.02  20:15  (Toshkent vaqti)  “Kadis” – “Betis”

28.02  22:30  (Toshkent vaqti)  “Granada” – “Elche”

Sovuq kunlarda La Liganing qaynoq haroratli uchrashuvlarini tomosha qiling!

Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика