So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  3 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

La Liga. Turli xil bo'limlar va "Real Madrid" "Atletiko"ga etib oldi Yangiliklar

La Liga. Turli xil bo'limlar va "Real Madrid" "Atletiko"ga etib oldi

Ispaniya chempionatining 14-tur doirasida "Eybar" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Eybar" – "Real Madrid" 1:3
"Ipurua" stadioni
Gollar
: 0:1 – 6 Benzema, 0:2 – 13 Modrich, 1:2 – 28 Kike Garsiya, 1:3 – 90 Vaskes.

"Eybar" – Dmitrovich, Bigas, Arbilya, Rodriges, Poso, Diop (Alvares, 82), Inui (Leon, 72), Eksposito, Xil, Kike Garsiya (Aretaleanisbeaskoa, 83), Muto.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Varan, Mendi, Modrich (Valverde, 72), Kroos, Vaskes, Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 72), Benzema.

Ogohlantirish: Arbilya (43).


Eibar

Kike Garcia - 28'

LaLiga . 14-tur

21/12/2020, 00:00

3
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 6', Luka Modric - 13', Lucas Vazquez - 90'

Stadion: Municipal de Ipurua, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
28'  Kike Garcia
28'  Kevin Rodrigues
43'  Anaitz Arbilla
72'  Takashi Inui (Pedro Leon)
82'  Pape Kouli Diop (Sergio Alvarez)
83'  Kike Garcia (Unai Arietaleanizbeaskoa)
6'  Karim Benzema
6'  Rodrygo
13'  Luka Modric
13'  Karim Benzema
72'  Luka Modric (Federico Valverde)
72'  Rodrygo (Marco Asensio)
90'  Lucas Vazquez
90'  Karim Benzema


La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing!


Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


SHu tariqa, "Real Madrid" og'ir o'yinda g'alabani qo'ldan chiqarmadi. Dastlabki bo'limda raqibdan yaxshiroq ko'ringan va qator vaziyatlarni ko'kka sovurgan "Real" ikkinchi taymda ancha ter to'kdi, lekin chidab berdi va oxirida yana bitta gol urib, klassda farq katta ekanligini isbotlab qo'ydi. 

90+2-daqiqa. GOOOOOOL! Lukas Vaskes Karim Benzemaning uzatmasidan keyin o'yinga nuqta qo'ydi - 1:3! 

90+1-daqiqa. Pedro Bigas deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, lekin uni oxirgacha quvib kelgan Ramos to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi hamda jamoasini qutqardi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Kazemironing uzatmasidan keyin to'pni egallab olgan Asensio o'yindan tashqari holatda. 

87-daqiqa. "Real" futbolchilari pressing evaziga to'pni olib qo'yishdi. 

Ha, azizlar "Real" o'zi shunaqa, kuchliroq raqiblar ("Sevilya", "Borussiya M" va "Atletiko") bilan uchrashuvda ishonchli o'yin ko'rsatib, xotirjam g'alabani qo'lga kiritishi va ketidan "Eybar" bilan so'nggi daqiqalargacha muxlislarini havotirda ushlab turishi hech gap emas.  

85-daqiqa. "Eybar" hech bo'lmasa durangdan umidini uzmagan va hujumga o'tishga, darvoza tomon yo'l topishga urinmoqda. 

82-daqiqa. O'zgarish! "Eybar" tarkibida gol urgan Enrike Garsiya va Pape Diop maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Serxio Alvares Dias va Unai Arietaleanizbeaskoa o'yinga qo'shildi. 

81-daqiqa. Hakam "VAR"ga quloq tutdi. To'p jarima maydoni ichida Serxio Ramosning qo'liga tekkani tufayli penalti belgilash yoki o'yinni davom ettirish masalasi ko'rib chiqildi. "VAR"ning qarori - "No penalty".  

80-daqiqa. Har ikki jamoa futbolchilari ijrosidagi xatolar ketma-ketligidan keyin "Eybar" futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, lekin Ramos xavfni bartaraf etdi. 

77-daqiqa. "Real"ning hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Raqib qarshi hujumga chiqib ketayotganida Dani Karvaxal o'yin qoidasini buzdi.  

76-daqiqa. Karvaxalga nisbatan qoida buzildi va futbolchilar nafas rostlab olish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. 

74-daqiqa. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Ko'pchilik Ramos uni amalga oshiradi deb turganda Marko Asensio chap oyog'ida zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.  

"Eybar" safida Takashi Inui o'rnini Pedro Leonga bo'shatib berdi. 

72-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Asensio, Modrich o'rniga Valverde o'yinga qo'shildi! 

71-daqiqa. Garsiya qanotda bir amallab uzatma amalga oshirishga imkon topdi, Muto to'p uchun kurashda Varanni ortda qoldirdi, lekin zarbaga aniqlik etishmadi. Aks holda ancha jiddiy vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

68-daqiqa. Kroosdan to'pni qabul qilib olgan Rodrigo qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. 

67-daqiqa. "Real"ning hujumi ancha uzoq davom etdi, Ramos hujum markaziga bordi, lekin to'pni ungacha etkazishning iloji bo'lmadi. 

64-daqiqa. Mendining xatosini Kazemiro to'g'rilashga erishdi, mezbonlar esa bu vaziyatda braziliyalik futbolchi xavfli harakat qilganini hakamga uqtirishga urinishdi, ammo befoyda. 

62-daqiqa. Rodrigoning zarbasidan keyin to'p "Eybar" futbolchisiga borib tushdi, qarshi hujumda raqib bilan birga-bir qolib ketgan Mendi tezligi evaziga to'pni maydondan chiqari yubordi.    

61-daqiqa. Karvaxal qanotdan katta tezlikda hujumga to'p bilan etib keldi, jarima maydoniga kirib borib, uzatmani amalga oshirdi, lekin raqib futbolchisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi. 

60-daqiqa. Yosinori Muto jarima maydoniga yaqin nuqtadan zarba yo'lladi, lekin noaniq.

59-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 43% - 57% "Real Madrid" foydasiga. 

58-daqiqa. "Eybar"ning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. O'z navbatida "Real" ham qarshi hujumga chiqib ketishda xatoga yo'l qo'ydi. 

57-daqiqa. Benzema qanotda paydo bo'lib, to'pni egallab olgandi, yana offsayd...

55-daqiqa. Pape Diop kutilmaganda zarba yo'llab, Kurtuani tekshirib ko'rdi, Tibo to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

54-daqiqa. "Real" pressingdan cho'chimayapti va aksincha, bu orqali raqibni jismonan toliqishi uchun zamin yaratmoqda.  

52-daqiqa. O'ng qanotda boshlanib, chap qanotdan davom ettirilgan hujum Rodrigoning zarbasi bilan yakunlandi, lekin to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi. Burchak to'pi keyin Benzema himoyachilar bilan kurashda to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.  

51-daqiqa. "Eybar" bir nechta futbolchisi bilan raqibni himoyadaligidayoq taqib ostiga olmoqda. 

49-daqiqa. Brayan Xil chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin undan to'pni olib qo'yishdi, keyin esa Benzemaga nisbatan qo'pollik ishlatildi.  

47-daqiqa. Ramos kutilmaganda himoyachilar etiborsiz qoldirgan Karim Benzemani to'p bilan taminladi, franciyalik futbolchi to'pni to'xtatdi va zarba yo'lladi, biroz noaniq. Qo'shimchasiga, hakam bu vaziyatda o'yindan tashqari holatni qayd etdi.  

46-daqiqa"Eybar" hujum o'tishga urinmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, bosh hakam birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

Hakam burchak zarbasini amalga oshirish imkonini berdi, lekin "qaymoqranglilar" undan naf chiqara olishmadi.  

45+1-daqiqa. Lukas Vaskes qulay vaziyatga chiqib ketayotganini ko'rgan darvozabon uni qarshi oldi, ispaniyalik futbolchi zarba berib ulgurdi, lekin himoyachi to'pni bo'sh qolgan darvozaga borib tushmasligini taminladi. 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi!

45-daqiqa. "Eybar" jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. Uzatmadan keyin to'p Mendiga tegib havoga ko'tarildi va Tibo Kurtua uni osonlik bilan egallab oldi. 

44-daqiqa. Zarbani Serxio Ramos amalga oshirdi, uning zarbasidan keyin to'p darvozadan biroz yuqorilab o'tib ketdi.  

43-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrich jarima maydoniga to'p bilan kirib ketayotgan bir pallada Anaic Arbilya qo'li bilan o'ynagani uchun jarima zarbasi belgilandi va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

41-daqiqa. "Real" bir marta himoya chizig'ida to'pni olib yurib, xato tufayli gol qo'yib yuborganiga qaramay, shu ishni davom ettirmoqda. Bundan shu narsa ayon bo'ladiki, shunday o'yin bosh murabbiy tomonidan talab qilingan. 

39-daqiqa. "Eybar" chap qanotidan yana bir xavfli hujum tashkil etildi, so'nggi zarbani Muto bergandi, lekin to'p darvoza ustuni va to'sini kesishgan nuqtadan biroz yuqoridan o'tib ketdi.   

36-daqiqa. GOOOOL! Benzema yana gol urdi, lekin takroriy lavhada hujumchi o'yindan tashqari holatda ekanligi ko'rindi. 

35-daqiqa. Muto qulay vaziyatda to'pni qabul qilishiga Kurtua yo'l qo'ymadi. 

33-daqiqa. Maydon markazida to'p uchun kurash kechmoqda.  

31-daqiqa. Uchrashuvning uchdan bir qismi ortda qoldi va bir qiziq jihatga etiboringizni qaratmoqchimiz: "Eybar"ning hujumdagi vakillari, jumladan markaziy hujumda paydo bo'layotgan Garsiya va Muto havodan kelayotgan to'p uchun kurashda Ramos va Varanni engmoqda. Aksariyat hollarda ular "ikkichni qavatdagi" kurashda g'olib chiqib, to'pni sheriklariga tashlab bermoqda. 

29-daqiqa. Goldan ruhlangan mezbonlar yana hujumga tashlanmoqda. 

28-daqiqa. GOOOOOOOL! Enrike Garsiya oradagi farqni qisqartirdi! Lukas Vaskes qanotdan to'pni oldirib qo'ydi, "Eybar" futbolchilari tezda hujumga o'tishdi va Enrike Garsiya ajoyib zarba bilan Kurtua darvozasini ishg'ol qildi. 

27-daqiqa. Himoyachilarga yordamga kelgan Kazemiroga nisbatan qo'pollik ishlatildi va hakam jarima zarbasi belgiladi.   

24-daqiqa. Burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirdi, lekin xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishdi. Qizig'i, "Real" futbolchilari bu hujum davomida juda ham bemalol harakat qilishdi. Avvaliga Modrich to'pni o'zida ko'p saqlab qolib, fursatni boy bergan bo'lsa, keyin Benzema o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi.   

23-daqiqa. "Eybar" o'ng qanotdan oldinga o'tdi va Alexandro Poso jarima maydoni ichiga uzatma amalga oshirildi, lekin Kurtua ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.  

22-daqiqa. O'zidan gavdaliroq himoyachi bilan oxirgacha kurashganiga qaramay Rodrigo to'pni egallab ololmadi. 

20-daqiqa. Jarima maydonchasiga yaqin hududda qoida buzildi. Mezbonlar zarba uchun nisbatan qulay imkoniyatga ega bo'ldilar, ammo kuchli zarbadan keyin to'p mo'ljaldan ancha yuqorilab ketdi.   

17-daqiqa. Birinchi goldan keyin ishtiyoq bilan oldinga o'tishga uringan "Eybar", ikkinchi goldan keyin aksincha, o'ziga kelib olish uchun o'yin tempini biroz tushirmoqchidek.   

15-daqiqa. Ha, "Eybar" jamoasiga befarq bo'lmaganlar va "Real Madrid"ga "jon kuydiradiganlar" o'yin bunday boshlanishini kutmagan bo'lsalar ajab emas. 

13-daqiqa. GOOOOOL! Luka Modrich! Benzemadan golli uzatma. Qaysidir palla uzilib qolgandek tuyulgan hujumni Vaskes va Benzema davom ettira olishdi, so'ngra Karim himoyachini aldamchi harakatlari bilan chalg'itib, darvoza to'g'risida raqiblar etiboridan chetda qolgan Lukaga uzatmani amalga oshirdi va Lukita ajoyib zarba bilan oradagi farqni oshirdi.   

12-daqiqa. "Eybar" yana oldinga o'tishga urindi, so'ngra pressingdan umid 

10-daqiqa. Tezkor gol urib olgan "Real" to'xtash niyatida emas. Zidan shogirdlari to'p nazoratini o'z qo'liga olish payida.   

8-daqiqa. Modrichning faolligi evaziga keskin qarshi hujum tashkil etildi. Lekin xorvatiyalikning oxirgi pasidan so'ng Vaskes to'pni kutmagani sezilib qoldi hamda hujum samarasiz ketdi.

6-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochdi! So'nggi uchrashuvlarda ancha yaxshi o'xshayotgan uslub qo'llanildi. Bu safar Rodrigo chap qanotdan oldinga o'tib, jarima maydonchasi markaziga yaqin joydagi Karimga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Benzema to'pni birinchi harakatda to'xtatib, ikkinchisi bilan zarba yo'lladi va o'zining tug'ilgan kuniga gol "sovg'a qildi".   

4-daqiqa. Ilk daqiqalarda kuchga to'la "Eybar" futbolchilari to'p uchun kurashda ancha faol, ammo ularning jismoniy holati o'yin so'nggigacha shu yo'sinda harakat qilishga etarmikin? Ko'ramiz. 

3-daqiqa. Ramos to'pni Kurtuaga qoldirishda to'pga biroz sekinroq zarba bergandek edi, lekin Tibo to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborib, keskinlikni yo'qqa chiqardi.   

2-daqiqa. "Eybar" "Real" himoyadan osonlikcha chiqishiga yo'l qo'ymayapti. Pressing samarasi o'laroq mezbonlar to'pni olib qo'yishgandi, lekin darhol "qaytarib berishdi".  

1-daqiqa. O'yinni "Real Madrid" vakillari boshlab berishdi. Birinchi urinish samarasiz yakunlandi, darvozabon to'pni egallab oldi.  

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Mehmon bo'lishiga qaramay "Qirollik klubi" raqibidan avvalroq yashil maydonga chiqib bo'lgandi. 


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика