So’nggi yangiliklar

13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  0 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  9 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  0 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  5 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  28 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  23 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  1 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  3 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1

La Liga. "Barselona" durang qayd etdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" durang qayd etdi

Futbol bo'yicha Ispaniya chempionati 5-tur bahsida "Barselona" "Sevilya"ni qabul qildi.

Barcelona

Philippe Coutinho - 10'

LaLiga . 5-tur

05/10/2020, 01:00

1
:
1
Tugadi

Sevilla

Luuk de Jong - 8'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
10'  Philippe Coutinho
61'  Antoine Griezmann (Trincao)
61'  Ansu Fati (Pedri)
75'  Philippe Coutinho (Miralem Pjanic)
75'  Jordi Alba (Sergino Dest)
77'  Miralem Pjanic
8'  Luuk de Jong
61'  Suso (Munir El Haddadi)
61'  Lucas Ocampos (Youssef En-Nesyri)
78'  Ivan Rakitic (Nemanja Gudelj)
84'  Joan Jordan (Oliver Torres)
85'  Luuk de Jong (Carlos Fernandez)
87'  Nemanja Gudelj

"Barselona" – "Sevilya" 1:1

"Kamp Nou"

Gollar: 0:1 – 8 de Yong, 1:1 – 10 Koutino.

"Barselona" – Neto, Serdji Roberto, Pike, Arauxo, Alba (Dest, 75), Buskets, Koutino (Pyanich, 75), de Yong, Fati (Pedri, 61), Messi, Grizmann (Trinkau, 61).

"Sevilya" – Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos, Akunya, Jordan (Oliver Torres, 85), Fernando, Suso (Munir, 61), Rakitich (Gudel, 78), Okampos (En-Nesiri, 61), de Yong (Fernandes, 84).

Ogohlantirishlar: Pyanich (77), Gudel (87).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Messi uchrashuv natijasini uzoqdan zarbasi bilan hal qilishga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

90+1. Trinkau qo'shib berilgan daqiqalarda gol urishi mumkin edi, ammo darvozabon bilan duelda "Sevilya" posboni g'olib chiqdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

82. Kataloniya klubidan navbatdagi xavfli hujum: Bu safar uzatma o'ng qanotdan bo'ldi, De Yong esa to'pni darvozaga burdi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'qanoq bo'ldi.

81. Dest Messiga ajoyib uzatma berdi, Leo esa chap oyog'i bilan darvozaning burchagini nishonga olishga urindi, ammo "Sevilya" posboni hammasini o'qidi va to'pni qaytardi.

77. Sariq kartochka: Hozirgina maydonga tushgan Pyanich Munir Ed Haddadini yiqitib, sariq kartochka oldi.

75. O'zgarish: Koutino o'rniga Pyanich, Alba o'rniga Dest maydonga tushdi.

74. Xordi Alba jarohat olgan ko'rinadi, unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

66. Pedri maydonga tushishi bilan hujum va himoyada faollik ko'rsatishga urindi, ammo ikkala tomonda ham "qovun tushirdi",

64. "SEVILYA" futbolchisining zarbasidan so'ng to'p Arauxodan rikoshet bo'ldi va "Barselona" darvozasi to'siniga tegdi.

61. O'ZGARISH: Fati o'rniga Pedri, Grizmann o'rniga Trinkau maydonga tushdi.

58. Diego Karlos o'z darvozasini ishg'ol qilishiga bir bahya qoldi. Himoyachi raqib futbolchisining qanotdan uzatmasini qaytarishga urinib, to'pni o'z darvozasi tomonga burib yubordi. To'p uning baxtiga darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

51. "Barselona"ning tika-taka uslubidagi hujumini Ansu Fatining kuchsiz uzatmasi uzib qo'ydi, aks xolda Kataloniya klubi yana gol urishi mumkin edi.

48. Grizmann yana bir imkoniyatni ko'kka sovurdi. U o'ng qanotdan darvozaga yaqinlashib keldi, ammo kutilmaganda to'pni nazorat qila olmay qoldi va xavf o'z-o'zidan yo'qqa chiqdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

43. Messi o'ng qanotdan markazroqqa siljidi va to'pni raqib darvozasining uzoq burchagiga yo'llashga urindi, ammo futbolchi to'pga o'zi istagandek zarba bera olmagani uchun gol bo'lmadi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

38. Ansu Fati hali juda yoshligini bildirib qo'ymoqda. U to'pni qabul qilishi bilanoq raqib darvozasiga zarba berish haqida o'ylamoqda, ammo uning atrofida to'p so'rab ochilayotganlarni ko'rmayapti.

34. G'alati holat! Paslar soni va aniqligi bo'yicha "Sevilya" "Barselona"dan ustun ekan. QOYIL!

32. "Barselona" himoyachilari to'p uzatishda xatoga yo'l qo'yishdi. Natijada Suso to'pni egallab oldi va Neto darvozasiga zarba berdi. To'p to'rga tashqi tomondan tegdi.

28. FATI! Ansu Messining pasini qabul qildi va darvozaga o'girilib, uzoq burchakni nishonga olishga urinib ko'rdi. Bunu to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

21. Grizmann raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqqandi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

19. "SEVILYA"dan ajoyib hujum. Navasning jarima maydonchasi markaziga uzatgan to'piga uning jamoadoshlari eta olmadi.

18. Grizmann qaychi uslubida raqib darvozasiga zarba bermoqchi edi, ammo u raqibning elkasiga tepib yubordi.

10. GOOOL! KOUTINO!!! "Barselona" "Sevilya"ning goliga tezda javob qaytardi. Messi Xordi Albaga to'pni uzatayotgandi, ammo "Sevilya" futbolchisi to'pni qaytaraman deb, uni Filippega tashlab berdi va Koutino bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

8. GOOOL! DE YONG!!! Biroq bu Fernki emas, Lyuk de Yong! "Sevilya" hisobda oldinga chiqib oldi.

4. Uchrashuvdagi dastlabki burchak zarbasini "Sevilya" ijro etdi. Rakitich ikkinchi qavatdagi kurashda sobiq jamoadoshlaridan ustun keldi, ammo "Barselona" darvozasini nishonga ola bilmadi.

2. Mehmonlar ustozi Xulen Lopetegi o'tgan turda chetlatilgani uchun bugungi bahsni tribunadan tomosha qiladi. U assistentlari bilan suhbatlashib turish uchun quloqchinlarini taqib oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Barselona – Sevilya

5 oktyabr, 00.00, «Kamp Nou»

Barselona – Neto, Serji Roberto, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, Koutino, de Yong, Fati, Messi, Grizmann.

Sevilya – Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos, Akunya, Jordan, Fernando, Suso, Rakitich, Okampos, de Yong.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика