So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

La Liga. "Barselona" ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Elche"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Elche"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Ispaniya chempionati 6-turi doirasidagi bahs yakunlandi.

Barselona – Elche 3:0

19.15, «Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 34 Levandovski, 2:0 – 41 Depay, 3:0 – 48 Levandovski.

Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Erik Garsiya (Belerin, 59), Balde, Kessie (Gavi, 46), de Yong, Pedri, Levandovski (Ferran Torres, 72), Depay (Fati, 59), Dembele (Rafinya, 60).

Elche – Badiya, Palasios, Bigas (Diego Gonsales, 77), Verdu, Donald, Klerk, Morente (Ponse, 68), Fidel (Kina, 53), Gumbau, Guti (Fernandes Merkau, 53), Boye (Xosan, 68).

Ogohlantirishlar: Kessie (5), Bigas (28), Fernandes Merkau (70), Ferran Torres (73).

CHetlatishlar: Verdu (14), Fransisko Rodriges ("Elche" bosh murabbiyi, 44)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga maktabda "yigit baho" hisoblangan daqiqa qo'shib berildi. 

81. O'ylashimcha, Ter SHtegen Yandeks Taksida biroz kira qilib, uyda kondecioner ostida mizg'ib olib yotgan ko'rinadi. 

75. Fati Messidan meros qolgan raqamdagi 0 ni oqlayapti faqat.

73. Hakam o'yindan avval Torresga o'yinga tushsang, sariq kartochka ko'rsataman deb hazillashgan ko'rinadi. Muxlislarning ko'pchiligi ham uning o'yinga qo'shilganini ogohlantirilgach, bilib olishdi.

72. Levandovskiga dam berildi, Torres maydonga tushirildi.

70. Niko Levandovskining gol urgan oyoqlarini qayta bunday ish qilmasligi uchun harakat qilib ko'rdi, hakam esa darhol bunga chora ko'rdi.

66. Fati "qaychi" uslubida raqib darvozasini "kesib tashlamoqchi" bo'ldi, raqib himoyachisi esa bu zarbani o'tmaslashtirib qo'ydi.

62. Levandovski raqib posbonining prikol qilsa bo'ladigan nuqtasidan to'pni o'tkazmoqchi bo'ldi, biroq  Badiya 7 metrlik darvozaning istalgan joyga tep, lekin bu erga emas deya to'pni qaytardi.

59. "Barcha"da birato'la uch o'zgarish: Dembele, De Yong va Depay o'rniga Rafinya, Belerin va Fati maydonga tushdi.

57. Dembelening uzatmasidan so'ng Depay judayam chiroyli noaniq zarba yo'lladi.

52. Depayning zarbasidan so'ng qaysidir raqib futbolchisining mushaklari gapirib yuborgan bo'lsa, ajabmas.

48. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Levandovski dublga erishmoqda. Jarima maydonidagi pala-partishlikdan polshalik hujumchi unumli foydalandi.


85000 dan ortiq muxlis bugungi o'yinga tashrif buyurdi. 8500 emas.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Kesse o'rniga Gavi maydonga tushirildi.

Futbol muxlislar bilan go'zal

Futbolchilar biroz nafas rostlab olishmasa, hakamning qizil kartochkasi hammaga dam berib chiqadi.

45. Birinchi bo'limga maktabda alo baho hisoblanadigan raqam qo'shib berildi.

44. Ikkinchi golni hazm qila olmagan mehmonlar desertga uchinchisini qabul qilib oldi. Biroq ofsayd ekan. SHunga qaramay, etiroz bildirgani uchun mehmonlari ustozi chetlatildi.

41. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Depay men ham tepay deya Baldening uzatmasini kuchli zarb bilan darvozaga joylab qo'ydi.


39. Kunde raqib futbolchisining libosi maydon chimlari rangiga burkanishi uchun jon-jahdi bilan harakat qildi.

34. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! LEVANGOLSKI!!! Dembele-Pedri-Balde-Leva kombinaciyasidan so'ng boshi aylanib qolgan mehmon himoyachilari hech narsa qila olmadi.


32. Kunde o'yindan avval Hojiboy Tojiboevning hazillarini tomosha qilgan ko'rinadi, uning zarbasiga Samarqand Darvoza ham kaltalik qilardi.

31. "Elche" futbolchisining jarimadan oshirgan to'pi hech kimdan tepki eyishni istamasdan, maydon tashqarisiga qochib ketdi.

29. Kissening qo'polligi uchun raqib futbolchisi ogohlantirildi.

26. "Elche" himoyachisi Dembelening uzatmasidan so'ng boshi bilan seyv amalga oshirdi.ev

24. Depay raqib himoyachisini sirpanchiq uchishga majbur qilgancha zarba yo'lladi, biroq Badiya "shpagat"i yaxshi ochilishini ko'rsatib qo'ydi.

20. Dembele raqib darvoza to'rining sifatini yon tomondan sinab ko'rdi. To'p to'rni tesholmadi, darvozabon erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritadi.

17. Dembele va raqib futbolchisi sifatli benzinda va arzon gazda yuradigan avtomobillar singari ralli uyushtirdi, natijada "Barselona" vingeri ustun keldi, ammo uning uzatmasi chapak chaladigan tarzda bo'lmadi.

14. Verdu Levandovskini quchoqlab, bag'riga bosmoqchi edi, "Barselona" hujumchisi esa undan cho'chib, baribir oldinga qochdi. Hakam esa bu vaziyatda mehmonlar sardorini kiyinish xonasini tomon yubordi.


12. "Elche" futbolchisi hakamning qaroriga kecha "Qizilqum" ustozi Lazarevich kabi munosabatni bildirdi.

8. Dembelening o'ng qanotdan oshirgan to'piga faqatgina hayvonot bog'idagi bir jonzot eta olishi mumkin edi.

5. Kessening harakatlarini ko'rgach, undan yaxshi UFC sportchisi chiqishini his qilgan hakam futbolchiga hozir boshqa sport jarayoni kechayotganini sariq rangdagi vizitkasi orqali eslatib qo'ydi.

4. Dembale chiroyli harakati bilan dastlab raqibining og'zini ochirib qo'ydi, keyin esa markazga uzatmasidan so'ng o'zining og'zi ochilib qoldi.

2. Depay raqib jamodagi raqamdoshini qoidalarga mos bo'lmagan tarzda tiz cho'ktirdi, oqibatda jarima zarbasi belgilandi.

1. Hakam milicionerlarda ham bor qurilmasini ishga soldi, natijada o'yin boshlandi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Turnir jadvalining yuqoriroq hamda jadvalni teskari qilganda yuqorida bo'ladigan jamoa o'rtasidagi to'qnashuv guvohiga aylanamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика