La Liga. "Atletiko" safarda qiyin g'alabaga erishdi va peshqadamligini mustahkamladi
13 fev 2021 19:55
Yangiliklar


La Liga. "Atletiko" safarda qiyin g'alabaga erishdi va peshqadamligini mustahkamladi
La Liga 23-tur doirasidagi "Granada" - "Atletiko" o'yini yakunlandi va unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Bugungi o'yinni "Atletiko"dan Xose Mariya Ximenes (jarohat), Joau Feliks (kasallik), Toma Lemar (kasallik), Ektor Errera (kasallik), Mussa Dembele (kasallik), Vitolo (nomalum) va Kiran Tripper (diskvalifikaciya) o'tkazib yubordi.
"Granada" – "Atletiko" 1:2
"Nuevo Los Karmenes"
Gollar: 0:1 – 63 Lorente, 1:1 – 66 Errera, 1:2 – 74 Korrea.
"Granada" – Ruy Silva, Neva, Xerman Sanches, Valexo, Fulke (Kina, 79), Kenedi (Puertas, 69), Eteki (Errera, 58), Machis (Soro, 79), Montoro (Gonalon, 69), Duarte, Molina.
"Atletiko" – Oblak, Felipe, Savich, Ermoso, Saul, Karrasko, Kondogbia (Vrsalko, 46), Koke, Lorente, Korrea, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (39), Saul (43), Savich (77), Koke (88), Karrasko (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar