So’nggi yangiliklar

16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  1 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  20 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  3 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  13 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  2 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  12 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  11 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  13 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  2

La Liga. "Real Madrid" mehmonda "Atletik"ni mag'lub etdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" mehmonda "Atletik"ni mag'lub etdi

Ispaniya La Ligasining 18-turidan o'rin olgan "Atletik Bilbao" - "Real Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

"Atletik Bilbao" — "Real Madrid" 0:2

Gol: 0:1 – 24 Benzema, 0:2 – 90 Kroos.

Atletik – Unai Simon, De Markos (Lekue, 76), Vivian, Paredes, Berchiche, Vesga (Raul Garsiya, 86), Sanset (Muniain, 67), Sarraga (Errera, 67), Uilyams, Berenger (Guruseta, 67), Uilyams.

Real Madrid – Kurtua, Nacho, Ryudiger, Militao, Mendi, Sebalos (Kroos, 85), Valverde, Kamavinga, Benzema, Asensio (Modrich, 73), Vinisius Junior (Rodrigo, 83).

Ogohlantirishlar: Berchiche (50), Vivian (58), Kamavinga (62), Vinisius Junior (79), Errera (88).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Kroos Rodrigoning uzatmasini to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi!


84. Mezbonlar sanog'i va oxiri yo'q hujumlar tashkil etmoqda.

78. Inyaki gol urdi, hakam esa to'pni darvozabon o'yinga kiritishi lozimligini takidladi. 

73. Modrich maydonga tushishdan avval oilasining surati tushirilgan himoya vositasini o'pib qo'yganining guvohi bo'ldik.

70. Nika juda yaqin masofadan zarba yo'lladi, "Atletik" murabiiyiga o'yindan keyin yosh bolalarni so'kmaslikni maslahat berib qolamiz.

66. Asensioga zarba berishda Benzemaning o'ng oyog'i etishmadi.

59. Nacho dastlab o'ng oyoqda zarba berdi, darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga chap oyoqda zarba berdi, darvozabon yana qaytardi, keyin esa himoyachi tanasining qaysi qismi bilan zarba berishni o'ylab olguncha undan to'pni olib qo'yishdi.

55. Valverdi qanotda mashhur ertakdagi singari ayiqdan qochdim, bo'ridan qochdim, yarim himoyachidan qochdim, sendan qochish hech gapmas deya himoyachidan ham o'zib ketib, markazga to'pni uzatdi, biroq Benzema ertakning davomini barbod qildi.  

50. Yuriy Asensiodan sariq rangdagi to'pni olib qo'yolmadi, biroq uning harakatlari behuda ketmadi: hakam unga sariq rangdagi kartochkani tuhfa etdi.

47. Inyaki Uilyamsning zarbasini ko'rganingizda, o'zimizning futbolchilarni so'kmaydigan bo'lardingiz.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida turibdi. Birinchi bo'limda bitta gol guvohiga aylandik. Albatta, bundan-da ko'prog'ini kutganlar uchun Tushlar tabiri kitobini o'qishni maslahat beraman. Biroq ur-yiqit, shiddatli o'yin turganda, ikkinchi taymni tashlab qo'yib bo'lmaydi.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar kiyinish xonasiga, biz esa uxlab qolmaslik uchun yuvinish xonasiga yo'l olamiz.

44. Uilyams va Vinisius elka urishtirish bellashuvida qatnashdi. Yakunda esa hakamning hushtagi g'olib chiqdi.  

34. Niko so'nggi ikki harakati bilan ikki marta to'pni yo'qotdi. "Atletik" murabbiyi esa unga kiyinish xonasida aytadigan so'zlarini qog'ozga yozib qo'ydi.

28. Valverdi uzoq masofadan kuchli zarbalarini yo'llashni boshladi. Simon esa gol ehtimoli yuqori bo'lmagan zarba uchun biror tana azosini sindirib olishni xohlamagani sababli to'pga harakat ham qilmadi.

24. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Benzema hisobni ochdi. Asensio jarima maydoni ichida o'zi bilar-bilmas holda sherigiga uzatma berdi, Karim esa chap oyoqda aniq tepdi, Simon esa nigohlari bilan to'pni o'z manziliga kuzatib qo'ydi.


22. Vinisius sherigiga o'zgacha pas berdi, ammo uning uzatmasini stadionga tashrif buyurgan salkam 50000 kishining 49999 tasi tushunmadi.

20. Markos Asensio chiroyli fint ishlatdi, "Atletik" futbolchisi esa bunga javoban chiroyli gavda qo'yib, fint sohibini maydonga ag'anatdi. 

17. Niko Kamavinganing aytishga kulgili bo'lgan nuqtasidan to'pni olib o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi va Kurtuani yana otilishga majbur etdi.

14. Nikoning pasini akasi to'xtata olmadi. Niko esa ichida "Bratan, ..." deb qo'ydi ko'rinishidan.

10. ZARBA! Paredes Kurtuani o'z hisobiga seyv yozishga majbur qildi.

7. Benzema Mendening pasidan so'ng chap oyoqda darvoza ortidagi muxlislarga salom yo'lladi. 

5. "Atletik" futbolchisi Nachoni tiz cho'ktirdi. Hakam esa ispaniyalik himoyachining tilagini amalga oshirdi.

3. Niko katta tezlikda qanotdan oldinga borib, jarima maydoniga to'pni oshirdi, biroq o'girilib qarasa, maydon tugab qolgan ekan. 

2. Mezbonlar dastlabki daqiqalardanoq oldinga tashlanishdi va burchak zarbasi ishlab oldi. Bayroqcha yonidan uzatilgan to'pni esa madridliklar daf qilishdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Uxlab qolish bo'lmasin.


Xabaringiz bo'lsa, biroz avval madridliklarning azaliy raqiblari o'z maydonida g'alaba qozonib, ochkolari sonini 44 taga etkazib oldi. SHu bois, bugun shofyor birodarlarimizga metan gaz va benzin qanchalik zarur bo'lsa, "Qirollik klubi" uchun ham g'alaba qadri shunga teng. Biroq "Atletik" ham tuhfa tortiq qiladigan anoyilardan emas.


Salomim so'lim-so'lim,

Noutbukda ikki qo'lim...

Assalomu alaykum, uxlamasdan chiroq, ehtimol, sham yorug'ida bizni kuzatayotgan futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida Bilbaodagi arenadagi bahsni birgalikda kuzatish bilan birgalikda sizni zeriktirmaslikka harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика