La Liga. "Barselona" "Atletik"ni yutib, "Real" bilan 9 ochkolik farqni saqlab qoldi
13 mar 2023 03:02
Yangiliklar
La Liga. "Barselona" "Atletik"ni yutib, "Real" bilan 9 ochkolik farqni saqlab qoldi
Ispaniya chempionati
25-tur
Atletik – Barselona 1:1
01.00, «San-Mames»
Gollar: Inyaki Uilms 87' – Rafinya 45+1'
Atletik – Agirresabala, De Markos, Martines, Vivian, Balensiaga (Yuri Berchiche, 70), Raul Garsiya (Muniain, 64), Dani Garsiya, Vesga (Zarraga, 64), N. Uilyams, Berenger, I. Uilyams.
Barselona – ter SHtegen, Serji Roberto (Alonso, 84), Kristensen, Kunde, Balde, Buskets, de Yong, Gavi (Anxel Alarkon, 90+5), Levandovski, Rafinya (Fati, 84), Ferran Torres (Frank Kesse, 68).
Ogohlantirishlar: I. Uilyams (30), Serji Roberto (76)
Bahs yakunlandi! "Barselona" "El Klasiko"dan oldin qiyin, ammo muhim g'alabaga erishdi.
90+5. Gavi o'rniga Anxel Alarkon o'yinni tugatib qo'yadi.
90+4. Zarbaaa! Gorka Gurusetaning zarbasi himoyachilar tomonidan to'sib qo'yildi.
90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
90. Diqqat! VAR bahsli vaziyatni tekshirdi. Gol urilishidan oldin Muniain to'pni qo'li bilan o'ynagan ekan. Gol bekor qilindi!
87. GOOOOOOOOL! Inyaki Uilyams katta tezlikda birga-bir holatga chiqib borib, ter SHtegenni ojiz qoldirdi – 1:1!
86. Zarraga Gaviga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi.
84. Berenger o'rniga Guruseta, De Markos o'rniga Kapa maydonga tushdi.
84. Roberto o'rniga Alonso, Rafinya o'rniga Fati bahsni davom ettiradi.
81. "Atletik" bosimni kuchaytirmoqda va mag'lubiyatdan qutulib qolish ilinjida.
79. Zarbaaa! Seeeeyv! Munianning kuchli zarbasini "Barsa" posboni bartaraf etdi. Qanday zarba! Qanday seyv! Ter SHtegen muqarrar goldan saqlab qoldi.
76. Serji Roberto taktik folga qo'l urdi. U Munianni yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
72. Xavfli vaziyat! Alexandro Berenger xavfli zarbaga, ter SHteger chroiyli seyvga mualliflik qildi.
70. Ernesto Valverde jamoasida navbatdagi almashtirish: Balensiaga o'rniga Yuri Berchiche o'yinga qo'shildi.
68. Xavi hujumchi Ferran Torres o'rniga tayanch yarim himoyachisi Frank Kesseni maydonga tushirdi.
64. "Atletik" ustozi 2 ta o'zgarishga qo'l urdi: Raul Garsiya o'rniga Muniain, Vesga o'rniga Zarraga tushirildi.
63. "Barselona" futbolchilari hujumni yakunlash maqsadida qisqa masofada paslashishda davomiylikni saqlab qolishmoqda.
60. "Barselona"ning amaldagi va sobiq murabbiylari o'zgarishlar qilishga shoshilishmayapti.
57. O'yin tempi biroz pasaydi. Har qalay ko'pchiligingiz singari uyqu kela boshladi :)
54. Frenki de Yong to'pni havolatib ichkariga oshirdi, ammo darvozabon ishonchli harakat qilib, to'pni ilib olishga erishdi.
52. Zarbaaa! Balde chap qanotdan reyd amalga oshirib, to'pni ichkariga oshirib berdi, Levandovskining bosh bilan yo'llagan zarbasi esa darvozaga aniq bormadi.
48. Uchrashuvni tomosha qilish uchun 49741 nafar muxlis stadionga kelibdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hisob 0:1 va tanaffus!
45+1. GOOOOOOL! Rafinya o'ng oyoqdagi zarbasi orqali darvozaga yo'l topdi, ammo bosh hakam dastlab uni ofsayd deya baholagan bo'lsa-da, keyin VAR'ni quloq solib, adashganini tan oldi. Xullas, gol inobatga olindi. 0:1!
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi.
44. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 30% – 70%
41. Malumot o'rnida, agar bugun Buskets, Kesse, Rafinya yoki Ferran ogohlantirish olsa, "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi.
38. Ie, bizni eshitdi, shekilli. O'ng qanotda faollik ko'rsata boshladi.
36. Ushbu mavsum "gol+pas" tizimida 17 ochko to'plagan Rafinya maydonda unchalik faol ko'rinmayapti.
33. Vauuu! Burchakdan oshirib berilgan to'pni Raul Garsiya darvoza tomon yo'naltirdi, to'p darvoza to'sinini qaqshatdi!
32. Zarbaa! Inyaki Uilyams o'tkir burchakni poyladi, zarba ozgina noaniq ketdi deb tursak, uni ter SHtegen to'sgani malum bo'ldi, burchak zarbasi.
30. Inyaki Uilyams Kundega nisbatan qoidani buzdi. Bunga norozilik bildirib, jahl bilan to'pni tepib yuborgan Uilyams sariq kartochka ishlab oldi.
26. Uxxu-xuuu! de Yongning aylanma uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi...
25. Zarbalar bo'yicha statistika — 3:4
22. Baldening uzatmasdian keyin Kristensen bosh bilan zarba yo'lladi, to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish kasb etdi.
19. Tibbiyot xodimlari maydonda Raul Garsiyaga yordam ko'rsatishmoqda. Kristensen sal turtib yuborishi oqibatida maydonda yotib qoldi. "Qarichilik qursin" dermidi)
17. Uuuux! De Yong birgina pas bilan Levandovskini birga-bir holatga chiqarib yubordi, polshalik hujumchi esa to'pni biroz uzoqlashtirib yuborishi oqibatida to'p Agirresabala qo'liga o'tdi.
15. Uchrashuv to'qnashuvlarga boy tarzda davom etyapti. Lekin hakam hozircha kartochka berishga shoshilmayapti.
12. Kunde Nekoni qo'pollik evaziga maydon markazida to'xtatib qoldi.
10. "Barselona" o'yin tempini nazorat ostida ushlab turibdi.
8. Lekue Martines, Morsilo, Sanchet, Simon, Errera jarohat tufayli "Atletik"ka yordam berolmayotgan bo'lsa, "Barsa"da Dembele, Pedri va Arauxo yo'q.
6. Zarbaa! Neko Uilyams ter SHtegen darvozasini nishonga oldi! Zarbaga aniqlik etishmadi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.
2. Zarbaaaa! Ferran Torres raqib posbonini sergak turishga majbur qildi. Zarba juda xavfli edi.
1. O'yin boshlandi!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
- Bahs 01:00 da boshlanadi.
- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barselona" mehmonda "Atletik" bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvna yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
Fikrlar