La Liga. 29-tur ramziy jamoasi bilan tanishing
19 iyu 2020 10:44
Yangiliklar


La Liga. 29-tur ramziy jamoasi bilan tanishing
G'alati, ammo "Real" futbolchilari 29-tur ramziy jamoasidan o'rin olishmadi.
Ispaniyalik jurnalistlar Ispaniya La Ligasi 29-tur ramziy jamoasini tuzishdi. Undan birorta "Real" futbolchisi o'rin olmadi. Kecha "Real" o'z uyida "Valensiya"ni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Darvozabonlar: Xordi Masip («Valyadolid»);
Himoyachilar: Martin Agirregaribiya («Alaves»), Kleman Langle («Barselona»), Leandro Kabrera («Espanol»);
Yarim himoyachilar: Samuel CHukvueze («Vilyarreal»), Ektor Errera («Atletiko»), Markos Lorente («Atletiko»), Serxio Kanales («Betis»);
Hujumchilar: Joau Feliks («Atletiko»), Lionel Messi («Barselona»), Xoselu («Alaves»).
Ramziy jamoadan "Atletiko"ning bir yo'la 3 futbolchisi o'rin egalladi. Madridliklar bu turda mehmonda "Osasuna"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar