So’nggi yangiliklar

15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  6 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4

La Liga. 1-o'rindagi “Atletiko Madrid” 11-o'rindagi “Levante”ga qarshi va 24-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. 1-o'rindagi “Atletiko Madrid” 11-o'rindagi “Levante”ga qarshi va 24-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Bugundan Ispaniya chempionatining 24-o'yinlariga start beriladi.

O'tgan turni birrov eslab o'tamiz. 23-tur bahslarida turnir jadvalida etakchilikni qo'lga olgan jamoalar o'zlari uchun yaxshi natija qayd etishdi. “Atletiko Madrid” mehmonda “Granada”ni 1:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, “Barselona” o'z uyida “Alaves”ni 5:1 hisobida tor-mor qildi. O'tgan turda markaziy bahs deya etirof qilingan “Real Madrid” – “Valensiya” bahsida mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. “Atletik Bilbao” esa “Kadis” maydoniga safar qilib yirik 0:4 hisobida g'alaba qozondi. SHu va boshqa natijalar bilan yakuniga etgan 23-tur o'yinlaridan so'ng oldinda 24-tur kutib turibdi. 


Turning dastlabki o'yini – “Betis” – “Xetafe”

Turnir jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, “Betis” 7-o'rinda joylashgan bo'lsa, “Xetafe” jamoasi 14-pog'onani egallab turibdi. O'tgan turda “Xetafe” o'z maydonida “Real Sosedad”ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, “Betis” mehmonda “Vilyarreal”ni taslim etdi. Ushbu bahsdagi mag'lubiyat “Betis”dan ko'ra “Xetafe” uchun xavfli. Jamoa “Valensiya” va “Kadis” bilan bir xil 24 ochko to'plagan. “Xetafe” ochko yo'qotgudek bo'lsa anchagina qiynalib qolish ehtimoli bor. Mazkur uchrashuvda qanday natija qayd etilishini esa 19 fevraldan 20 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanajak o'yinda bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida bo'lib o'tgan 25 o'yinning 9 tasida “Xetafe”, 7 tasida esa “Betis” jamoasi g'alaba qozongan. Yana 9 o'yinda tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Sidney, Dani Martin, Borxa Iglesias, Mark Bartra, Viktor Kamarasa (“Betis”). Dario Poveda (“Xetafe”).


1-o'rindagi “Atletiko Madrid” 11-o'rindagi “Levante”ga qarshi

Mazkur o'yin 20 fevral sanasida bo'lib o'tadi. Nega hozirdanoq o'yin sanasini aytganimizning sababi bor. Ikki jamoa 17 fevral kuni 2-turning qoldirilgan bahsida maydonga tushishgan edi va o'shanda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi. O'sha o'yinda “Levante” maydonida bo'lib o'tgan, bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan mazkur uchrashuv esa Madridda bo'lib o'tadi. Jamoalar o'zaro bir-birining holatlarini ko'rib olishgan, demak bo'lajak bahs biroz ehtiyotkorroq bo'lishi mumkin. Ushbu o'yin 20 fevral kuni soat 20:15 da start oladi. 

O'zaro o'yinlar: Jami bo'lib o'tgan 32 o'yinning 19 tasida “Atletiko Madrid”, 8 tasida esa “Levante” g'alaba qozongan. 5 uchrashuv durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ektor Errera, Toma Lemar, Mussa Dembele (“Atletiko Madrid”). Nikola Vukchevich, Xose Kampanya, Gonsala Melero, Serxio Postigo, Oskar Duarte, SHeyk Dukure (“Levante”).


Madridning “Real”i “Valyadolid” mehmoni bo'ladi

Ushbu o'yinda yaqqol favorit shubhasiz “Real Madrid”. Jamoa ayni vaqtda turnir jadvalida 2-o'rinda joylashgan. “Valyadolid” esa 18-pog'onani egallab turmoqda. O'tgan turda mehmonda “Eybar” bilan bo'lgan bahsda durang natija qayd etgan edi “Valyadolid” jamoasi. “Real” esa “Valensiya”ni mag'lub qilgan. Mazkur uchrashuv “Valyadolid” maydonida bo'lishini inobatga olsak jamoada biroz bo'lsa-da imkoniyat bo'lishi mumkin. Ushbu o'yin 20 fevraldan 21 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 96 o'yinning 61 tasida “Real Madrid”, 15 tasida “Valyadolid” ustunlikka erishgan. Yana 20 bahs durang bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Oskar Plano, Xavi Sanches, Kiko Olivas, Pablo Ervias, Raul Garsiya, Markos de Souza, Javad El-Amik (“Valyadolid”). Federiko Valverde, Marselo, Eden Azar, Alvaro Odriosola, Eder Militao, Serxio Ramos, Rodrigo (“Real Madrid”).


PSJdan qaqshatqich zarba olgan “Barselona” “Kadis”ni qabul qiladi

“Barselona” jamoasi seshanba kuni ECHLning 1/8 final uchrashuvida Franciyaning PSJ jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yin aynan Kamp Nouda bo'lib o'tgan, qizig'i La Liganing 24-tur uchrashuvi ham aynan shu stadionda bo'lib o'tadi. “Kadis”ning ayni vaqtdagi holati maqtanarli emas, biroq kataloniyaliklarni ruhiy holatini inobatga olgan holda ushbu bahsda yaxshi natija uchun kurashib ko'rsa bo'ladi. Natija qanday bo'lishini esa 21 fevral soat 18:00 da start oladigan o'yindan so'ng bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida bo'lib o'tgan 25 o'yinning 19 tasida “Barselona”, 3 tasida “Kadis” g'alaba qozongan. 3 bahsda jamoalar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ansu Fati, Serxi Roberto, Martin Braytvayt, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”). Augusto Fernandes, Aleks Fernandes, Karlos Akapo, Yens Yonsson (“Kadis”).


24-turning so'nggi o'yini – “Osasuna” – “Sevilya”

Mehmon jamoa “Sevilya” bo'lishiga qaramay favorit baribir aynan shu jamoa. 23-turdan so'ng 45 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi jamoa. “Barselona”dan bor-yo'g'i 1 ochko orqada. Sevilyaliklarning buyog'iga xato qilishga haqlari yo'q. “Osasuna”da esa vaziyat biroz boshqacha. Ayni vaqtda 12-pog'onada bo'lib turgan jamoa hisobida 25 ochko mavjud. O'rtameyonalar qatoridan quyiga tushib ketmaslik harakatida jamoa. Qiziq tomoni esa, o'tgan turda bu jamoalarning ikkisi ham g'alabaga erishishgan. Ushbu uchrashuv esa anchagina qiziqarli bo'lishi aniq. O'yin 22 fevraldan 23 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Jami o'tkazilgan 96 o'yinning 22 tasida “Osasuna”, 34 tasida “Sevilya” g'alaba qozongan. 19 uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Darko Brashanats, Ruben Martines, Gorka Sabarte, CHimi Avila, Fakundo Ronkalya, Xonatan RodriGES (“Osasuna”). Xesus Navas, Lukas Okampos, Markos Akunya (“Sevilya”).


SHuningdek, 24-turda quyidagi o'yinlar ham o'tkaziladi:

20.02  18:00   (Toshkent vaqti)  “Elche” – “Eybar”

20.02  22:30   (Toshkent vaqti)  “Valensiya” – “Selta”

21.02  20:15   (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Alaves”

21.02  22:30   (Toshkent vaqti)  “Ueska” – “Granada”

21.02  01:00   (Toshkent vaqti)  “Atletik Bilbao” – “Vilyarreal”


Qadrli muxlis, siz qaysi o'yinni tomosha qilishni o'zingiz uchun reja qilib qo'ydingiz?


Og'abek Samisov tayyorladi 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика