So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

KXDR U-16 - O'zbekiston U-16 - 1:3 Yangiliklar

KXDR U-16 - O'zbekiston U-16 - 1:3

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 3-turidan o'rin olgan KXDR U-16 - O'zbekiston U-16 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

KXDR U-16 - O'zbekiston U-16 - 1:3
23 sentyabr 2016. Goa. "GMC" stadioni. 18:30Hakamlar: Masud Tufaylieh (Suriya), Ali Ahmad (Suriya), Ahmad Said Ahmad Al Asal Al Rashidi (BAA), Yoqub Said Abdulloh Abdul Boqi (Ummon).
Komissar
: Said Al Masri (Suriya)
Nazoratchi: Srinivasan Suresh (Hindiston)

Gollar: Jasurbek Umrzoqov 49, - 0:1. Rasul Yo'ldoshev 62, - 0:2. Ibrohim G'anixonov 68, - 0:3. Ri Kang Guk 75, - 1:3.


KXDR: 18.Jang Pae Xo (1.Sin Tae Song, 80), 2.Sin Kvang Sok, 3.Kim Kyong Sok, 8.Von U Song, 11.Kung Jin Song, 12.Kim Pom Xyok, 13.Paek Kvang Min, 14.Kim CHol Jin (5.Kye Tam, 47), 15.CHa Kvang, 16.Ri Il Ju, 20.Ri Song Jin (10.Ri Kang Guk, 47).
Zaxira: 4.Ri Xyon Il, 6.Xan Kyong Xun, 17.Yun Min, 19.Kim Kuk Song, 21.YU Kvang Jun, 22.Ri Jong CHol.

O'zbekiston U-16: 12.Jasurbek Umrzoqov, 3.SHoxzamon Xayrullaev, 5.Muhammadali Nomozov, 7.Oston O'runov, 8.G'ayrat Azizxo'jaev, 14.Ibrohim G'anixonov, 18.SHuhrat Nematov (10.Rasul Yo'ldoshev, 62),  19.Islom Karimov, 20.Abdulhay Ismoilov, 22.Abdug'ani Kamolov, 23.Burxon Hasanov (15.Doniyor Abdumannopov, 62)
Zaxira: 1.Xojiakbar Jo'raev, 21.Abduvohid Nematov, 2.Nursulton Kuyliboev,  16.Humoyun Abdusattorov, 17.Abubakir Mo'ydinov, 4.Ixtiyor Xoldorov, 6.Mardon Abdullaev, 9.Bahrom Soatov, 11.Asadbek Sobirjonov,




                                        MATNLI TRANSLYACIYA

                                                  YANGILASH

90. O'yin yakunlandi. O'smirlarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi.

86. Uchrashuv tugab bormoqda.

80. ZARBAAAAAAAAAAA! Ibrohim G'anixonov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi

79. O'zgarish. O'zbekiston. Jang Pae Xo o'rniga Sin Tae Song tushdi

75. GOL! Ri Kang Guk gol urdi - 1:3

73. Koreyslar negadir hujum qilishni boshlashdi. Hisobni qisqartirishmoqchi shekilli, sharmanda bo'lishni istashmayapti chog'i

69. O'zgarish. O'zbekiston. Asadbek Sobirjonov maydonga tushdi

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ibrohim G'anixonov - 0:3

64. Vakillarimiz katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda. Iroq bo'lsa Iroqda...

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rasul Yo'ldoshev gol urdi - 0:2.

61. O'zgarishlar. O'zbekiston. SHuhrat Nematov o'rniga Rasul Yo'ldoshev tushdi, Burxon Hasanov o'rniga Doniyor Abdumannopov

55. KXDR mag'lubiyatga rozi shekilli, hujumga umuman o'tmayapti

48. Jasurbek Umrzoqov to'pni o'z darvozasi oldidan kuchli zarba bilan o'yinga kiritib berdi, raqib posboni jarima maydonini tark etib to'pni o'tkazib yubordi, ikki marta yiqilgan posbon to'pni darvozasidan o'rin olishiga qarshilik qila olmadi

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1 DARVOZABONIMIZ GOL URDI!

47. O'zgarish. KXDR. Kim CHol Jin o'rniga Kye Tam tushdi, Ri Song Jin o'rniga Ri Kang Guk tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob 0:0

44. Jamoalar deyarli hujum qilishmayapti

40. O'yin tempi juda ham past...

35. SHuhrat Nematov chap qanotda to'pni egallab ikki raqibni aldadi, biroq uning to'p uzatishidan keyin sherigi to'pni yo'qotdi.

30. Ikkala jamoa juda ham ehtiyotkor o'yin ko'rsatishmoqda

27. Endi raqiblar jarima to'pini amalga oshirishdi, to'p yon tomondagi futbolchiga uzatildi. Xavfli vaziyat bo'lgani ham yo'q.

25. ZARBAAAAAAAAAA! Muhammadali Namozov jarima to'pidan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi!

23. Abdulhay Ismoilov o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirishga urindi, biroq raqib himoyachisi uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

18. O'ng qanotdan to'p uzatildi, hujumchilarimiz to'pga eta olmadi

15. Bahs ancha tinch davom etmoqda.

12. ZARBA! Oston O'runov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

8. Uchrashuvda hozircha xavfli vaziyatlar umuman sodir etilgani yo'q

3. Ikkala jamoa ham guruhdan chiqib bo'lgani uchun ehtiyotkor tarzda o'ynashmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI

- O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda!

- KXDR davlat madhiyasi.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика