Kutib oling! MLSda ilk iroqlik
10 mar 2019 11:54
Yangiliklar


Kutib oling! MLSda ilk iroqlik
"Udineze"ning chap qanot himoyachisi Ali Adnan "Vankuver Uaytkeps"ga o'tdi.
Kanada jamoasi 25 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.
Adnan MLSda faoliyat olib boradigan ilk iroqlikka aylanadi.
Himoyachi Iroq termasi tarkibida 46 o'yinda qatnashgan va 2 gol kiritgan. U mavsumning ilk qismini "Atalanta" tarkibida ijarada o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar