Kurtua: "Umid qilamanki, Eden o'yin taqdirini hal qiladi"
27 iyu 2021 15:20
Yangiliklar
Kurtua: "Umid qilamanki, Eden o'yin taqdirini hal qiladi"
Belgiya termasi posboni Tibo Kurtua jamoadoshi Eden Azar haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Tibo o'zining eng yaxshi holatiga qaytmoqda. "Real"dagi so'nggi oylar u uchun oson o'tmadi. Azar yaxshi mashg'ulot qildi. Uning o'yinga qanchalar chanqoqlishini ko'rib turibman. Ammo uning maydonga tushmasligini ko'rish og'ir.
Mashg'ulotlarda u uch-to'rt futbolchini aldab o'tmoqda. Garchi oyog'iga tepishsa ham unga farqi yo'q. O'yinni davom ettira oladi. U ruxan va jismonan baquvvat futbolchi. Faqatgina bir ritmga tushib olishi kerak.
Katta futbolchilardan ko'p narsalarni kutishadi. SHu boisdan ular boshqalardan farq qilishadi. Umid qilamanki, u Portugaliyaga qarshi o'yin taqdirini hal qiladi", - dedi Kurtua.
Fikrlar