Eshitdik-da! O'zbekiston Portugaliya bilan o'ynamaydi
06 dek 2025 14:11
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'zbekiston Portugaliya bilan o'ynamaydi
Kecha Vashington shahrida 2026 yilgi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o'ynashi aniq bo'ldi. Guruhdagi so'nggi jamoa qitalararo pley-offdan keyin malum bo'ladi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, O'zbekiston futbol associaciyasi Portugaliya futbol federaciyasi bilan mart oyida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq kechagi qura ikkala jamoani bir guruhda joylashtirgani bois mazkur o'yin bekor qilinadi. Endi O'zbekiston ham, Portugaliya ham mart oyi uchun o'ziga boshqa raqib qidirishiga to'g'ri keladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar