Kurtua sardorlik bog'ichi tufayli terma jamoa tasarrufini tark etdi
20 iyu 2023 00:15
Yangiliklar
Kurtua sardorlik bog'ichi tufayli terma jamoa tasarrufini tark etdi
Oldinroq, Kurtua Kevin De Bryuyne yo'q paytida u emas, balki Romelu Lukaku sardorlik bog'ichini taqqanidan xafaligi elon qiingan edi. Tibo terma jamoa lagerini tark etdi.
"Tibo terma jamoa tasarrufida emas, Estoniyaga qarshi u o'ynamaydi. Biz bir necha bor suhbatlashdik. Mart oyida qabul qilgan qarorimga ko'ra, Kevin De Bryuyne sardorimiz bo'lishi kerak edi, ikkinchi va uchinchilarni elon qilmaganman. To'g'ri, Lukaku va Tibo o'rtasida tanlov bor. To'g'risini aytsam, menga baribir, chunki maydonda sardorlarimiz juda ko'p. Masalan, Yan Vertongen va Yannik Karrasko. Bizga masuliyatni o'ziga oladigan futbolchilar kerak.
Avstriyaga qarshi bahs oldidan qaror qabul qilishimiz kerak edi. SHanba kuni Romelu, seshanbada esa Tibo sardorlik bog'chini taqishiga kelishib oldik. Hammasi joyida edi. Biroq o'yindan so'ng Kurtua o'zini haqoratlangandek his qildi. Hayratdaman. Bunaqa bo'ladi deb o'ylamagandim" - deydi bosh murabbiy Tedesko.
Fikrlar