Kurtua: "Endi Italiyaga qarshi o'yindan mano yo'q"
08 okt 2021 08:42
Yangiliklar
Kurtua: "Endi Italiyaga qarshi o'yindan mano yo'q"
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Franciyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Ayniqsa, to'p nazorati borasida. Ikkinchi bo'limda esa ular pressing qilishni boshlashdi. Biz esa to'p bilan ishlashda xotirjamlikni yo'qotib qo'ydik.
Gollarni sovg'a qildik. Afsus. 2:0 hisobi Franciya bilan o'yinda etmasligini bilgandik.
Endi Italiyaga qarshi o'yindan mano yo'q. Millatlar ligasida kim uchinchi o'rin bo'lishining ahamiyati yo'q. Nima uchun bu o'yin kerak, tushunmayman", - dedi Kurtua.
Fikrlar