So’nggi yangiliklar

01:36"Лейпциг" футболчиси Манчестерга йўл олиши мумкин  0 00:37Суперкомпьютер талқинига кўра қайси жамоа АПЛ ғолиби бўлади?  1 00:13А Серия. Иккинчи ва тўртинчи ўринлардаги жамоаларнинг ўзаро ўйини учун таркиблар эълон қилинди  1 23:56А Серия. "Интер" "Сарденья"да йирик ғалаба қайд этди  0 23:33Исак фаолиятини Лондонда давом эттириши мумкин  0 22:55"Ал Насср" супер трансфер амалга оширмоқчи  3 22:40Карвахаль: "Реал"га қарши ўйнашни истамайман"  1 22:16Рио Фердинанд: "Месси ҳам Ямалнинг ёшида ўйинга бунчалик таъсир ўтказа олмасди"  5 21:52Капелло Мбаппенинг тарафини олди  0 21:30"Анри майдон четида ғазабдан эс-ҳушини йўқотиб қўяй деди". Таниқли франциялик мутахассиснинг Ильгиз Танташев ҳакамлик қилган ўйинда ҳакамлардан қандай жаҳли чиққани ҳақида  1 21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  11 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  3 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  1

Doston Ibragimov qaerga g'oyib bo'ldi? Yangiliklar

Doston Ibragimov qaerga g'oyib bo'ldi?

2019 yil 7 aprel.

"Buxoro" sport majmuasiga 7 ming kishi jamlangan. "Voha derbisi"ning 27-daqiqasida jarima maydonining tashqarisidan tepilgan to'pni rossiyalik Evgeniy CHeremesin ilib olsa, ehtimol, kimlarningdir uyida "toshoyna sinishi" mumkin edi...


Ammo, "o'q nishonga tegdi". Ehtimol, shu kuni "konchilar" darvozasini Manuel Noyer yoki Iker Kasilyas qo'riqlasa ham, natija o'zgarmasdi. CHunki bu zarba 22 yoshli futbolchining taqdirida burilish yasashi kerak edi. SHunday bo'ldi ham: u Ektor Kuperning nazariga tushdi, milliy jamoadan taklif oldi va Turkiya termasiga qarshi bahsda debyutini nishonladi. 

suratda Ibragimov turk futbol afsonasi Emre Belozo'glu va "Lester" himoyachisi CHag'lar Soyunjuni ortda qoldiryapti

Bularning barchasi 2019 yilning yozida ro'y bergan. Lekin, tillarda doston bo'lishi kutilgan Ibragimov tez orada katta sahnadan butunlay yo'qoldi. O'sha kuni Dostonning zarbasini ilojsiz qarashlar bilan darvoza to'riga kuzatib qo'ygan Erkin Baydullaev 37 yoshida Superligani "yondirayotgan" bir paytda navoiylik yigitchani hech kim eslamayapti. 

U qaerga g'oyib bo'ldi?

O'sha gol Hamidjon Aktamovga qattiq tasir qilgan bo'lsa kerak, 2020 yilning avvalida Ibragimovni "Buxoro"dan tortib oldi. Hammasi yaxshi ketayotgandi. Navbatdagi voha derbisiga qadar. Elitadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashyotgan vohaning 2 klubi avgust oyida yana to'qnashdi. Doston bu gal navoiyliklar safida edi.

O'yinning 30-daqiqasida noxush voqea yuz berdi. Ibragimov bu gal gol urmadi, aksincha maydonga quladi va o'rnidan turolmadi: yarim himoyachining tizzasi shikastlangan edi. 

Jarohat -  futbol ahlining eng katta va qurqinchli dumshani. Tizzadagi jarohatlar esa 10 karra xavfliroq. Bunday holatda zudlik bilan "operaciya"ga ehtiyoj tug'iladi. "Qizilqum" shifokorlari esa jarrohlik amaliyotiga zarurat yo'qligi, Ibragimov muolajalar bilan tuzalishiga ishonishgandi. Oqibatda yarim himoyachi dastlab safdan, keyin yoddan chiqdi...

Dostonning o'zi o'sha kunlarni shunday eslaydi: "Afsuski, oilaviy muammolar boshlangan paytda jarohatga yo'liqib qoldim. SHunaqa payt bo'ldiki, futbol yoki oila tanlovini qilish majburiyati ham paydo bo'ldi. Futbolchining taqdiri shunday ekan. O'ynab tursangiz hammaga keraksiz. SHikastlangan paytingizda keraksiz insonga aylanasiz. Odamlar sizdan qochishni boshlaydi. O'sha o'yindan keyin maydon tashqarisida qolib ketdim. "Operaciya" uchun kerakli pulni topolmadik. Og'ir kunlar edi. Ne azobda yordam so'ragan kishilarim yuzini teskari burdi...

Futbolni juda ham sog'ingandim. Tavakkal qilib, birinchi ligada "G'ijduvon" safida o'ynab ko'rishga qaror qildim. Jarohat qaytalamasa, 2021 yilning yozida Superligaga qaytmoqchi edim. Ammo, aprel oyida tizzam yana chiqib ketdi. O'sha paytdagi ruhiy holatimni tushuntirib berolmayman. Ammo, dushmanlarim ham bu tuyg'uni hech qachon his qilmasin".

Sinovli kunlarda yordam uchun cho'zilgan bitta qo'l, barchasini o'zgartirish uchun bitta yo'l har doim topiladi. Doston Ibragimov hali taslim bo'lgani yo'q. U kuchliroq bo'lib qaytmoqchi. "Mashal" futbol klubi va jamoa bosh direktori Ilhom Qurbonovning yordami bilan tizzasini "operaciya" qildirgan yarim himoyachi shu kunlarda muolajalarning oxirgi bosqichini o'tkazyapti. Uning o'zi yozda "kambek" qilishni rejalashtirmoqda. Qaytganda ham undan yuz o'girganlarga hali sinmagani va nimalarga qodirligini isbotlash uchun qaytmoqchi. Biz unga omad tilaymiz, kutamiz va kuzatamiz...

p.s. Ibragimovning taqdirida "Buxoro" bilan qandaydir chambarchaslik bor: 

- U Superligada asosiy tarkibda tushgan ilk o'yinini "Buxoro"ga qarshi o'tkazgan.

- 2 yildan keyin "Buxoro"dagi o'yinlari bilan terma jamoaga chaqiruv olgan.

- 2020 yilda "Buxoro"ga qarshi o'yinda og'ir jarohatga yo'liqib, hayoti o'zgarib ketgan.

- U yozda "Mashal" tarkibida maydonga qaytmoqchi. Eng qizig'i, muborakliklarning 2-davradagi dastlabki raqibi yana "Buxoro" bo'ladi. Taqdir yoki tasodif?

2020 yilning may oyida olingan intervyu: Doston Ibragimov: “Maqsadim Osiyoda eng yaxshi futbolchi bo'lish” 







Muallif :
Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика