Kuper jarohat olgan Doston Hamdamov o'rniga "Bunyodkor" futbolchisini yig'inga jalb qildi
27 may 2019 14:16
Yangiliklar


Kuper jarohat olgan Doston Hamdamov o'rniga "Bunyodkor" futbolchisini yig'inga jalb qildi
O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28 may - 12 iyun kunlari yig'in o'tkazadi.
Yig'in doirasida Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilishi haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur yig'inga jalb qilingan futbolchilar ro'yxati bir oz avval elon qilindi.
Avval boshda mazkur ro'yxatda "Paxtakor" azosi Doston Hamdamov ham bor edi. Ammo u jarohat olgani sababli ro'yxatga kiritilmadi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper Doston Hamdamov o'rnini to'ldirishi uchun "Bunyodkor" klubidan Xurshid G'iyosovni yig'inga jalb qildi.
"Bunyodkor"ning 24 yoshli futbolchisi so'nggi turlarda ajoyib o'yin namoyish qilib, muxlis-u mutaxassislarning etiboriga tushib kelayotgandi. Ektor Kuper ham Xurshid G'iyosovni sinab ko'rishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar