Kundening 2022 yilgi transferi sabab "Barsa"ni sudga berishdi. Agent unga 3 mln evro to'lamaganliklarini takidlamoqda
12 fev 23:08
Yangiliklar
Kundening 2022 yilgi transferi sabab "Barsa"ni sudga berishdi. Agent unga 3 mln evro to'lamaganliklarini takidlamoqda
Jyul Kundening transferi sabab "Barselona"ni sudga berishdi.
Himoyachi 2022 yilda "Sevilya"dan Kataloniya klubiga o'tdi. Bitimda vositachi sifatida Isaak Lopes ishladi.
Bugun agent transfer uchun unga 3 mln evro to'lanishini talab qilgan holda sudga murojaat qildi. Agent komissiya shartnomada ko'rsatilgani, ammo uni olmaganini takidladi. Lopes sudga ko'rsatilgan xizmatlar dalilini taqdim qildi.
Qayd etilishicha, "Barselona" prezidenti Joan Laporta vositachilik uchun agentga murojaat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar