So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 5 yil to'ldi Yangiliklar

Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 5 yil to'ldi

2011 yilning 29 oktyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochgan kun sifatida tarixda qolgan.


"Nasaf" jamoasi 2011 yilgi mavsum davomida OFK kubogida ko'tarinki ruhda qatnashishgandi. Guruh bosqichi doirasidagi barcha uchrashuvlarda raqiblar o'ta yirik hisoblarda tor-mor etilgandilar. Anatoliy Demyanenko shogirdlari pley-off bosqichini ham ancha ishonchli o'tkazib turnirning hal qiluvchi bahsiga qadar etib borishadi.

Quraga ko'ra final bahsi Qarshi shahrida o'tkazildi. Finalga juda katta tayyorgarlik ko'rgan qarshiliklar Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasini 2:1 hisobida dog'da qoldirib, OFK kubogi g'olibiga aylangandilar.

"Nasaf" jamoasi o'zbek klublari ichida xalqaro musobaqada g'olib chiqqan ilk klub sanaladi.

Tarixiy o'yin qaydnomasi:

OFK kubogi - 2011.

Final.

NASAF - Kuvayt SK - 2:1 (0:0)

2011 yil, 29 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 15753 tomoshabin.

Hakamlar: Kim Don Jin, Jeon Xayi San, Li Jun Min (Janubiy Koreya).

Gollar: SHomurodov, 62 1:0. Pereplyotkins, 64 2:0. Kabi, 69 2:1.

Nasaf: Murodjon Zuhurov, Botir Qoraev (s), Boyan Malishich, Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To'raev, Erkin Boydullaev, Andrey Pereplyotkins, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov (Fozil Musaev, 84), Ivan Boshkovich (Artyom Filiposyan, 90+4).

Kuvayt SK: Xolid Fadhli, Yoqub Tohir, Fahad Avad, Rafat Jobir, Husayn SHammari (Ali Alkandari, 81), Lassana Fane, Rojerio, Ahmad Saboh (Abdulloh Buraiki, 61), Nosir Al Qahtoni, Xolid SHammari, Landri Kabi.

Uchrashuv komissari: Abdul G'afur Hamid (Maldiv orllari).

Ogohlantirishlar: Kabi, 26. Ahmad Saboh, 35. Husayn SHammari, 49. Zuhurov, 88. Malishich, 89.

Bu jamoa nafaqat "Nasaf" klubining, balki o'zbek futboli tarix zarvaraqlaridan muhim joy olgan....


"Nasaf" tarixida yangi sahifa ochgan futbolchi - Artur Gevorkyan. "Nasaf" tarixidagi eng kuchli futbolchilaridan bittasi, agarda eng kuchlisi bo'lmasa... Ha, u bugun "Loko" safida o'zining sobiq jamoasiga qarshi to'p tepadi

Anatoliy Demyanenko. Bu mutaxassis o'zbek klublariga xalqaro musobaqada sovrin yutib bergan ilk va yagona murabbiy bo'lib turibdi. Hech kim bilmasligi mumkin, ammo aynan Demyanenko o'sha paytda OFK kubogida Eldorbek Suyunovga ishonch bildirgandi. 20 yoshli iqtidorli posbonga xalqaro maydon havosidan nafas olishga  imkoniyat yaratib bergandi.

"Nasaf" tarixida jamoa erishgan eng yuqori cho'qqilarda tayanch bo'lib bergan Erkin Boydullaev

Demyanenko davrida "gullagan", ammo Berdiev qo'l ostida o'ynay olmagan OFK Kubogi-2011 to'purari - Ivan Boshkovich. Qo'lida bayrog'imizni xilpiratib turgan ajoyib futbolchi esa Jahongir Jiyamurodov...

Kimligini aytib o'tirish shart bo'lmasa kerak. CHunki yaxshi insonligi bilinib turibdiku...


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика