Kun tarixi: 16 yil avval shu kuni Ronaldu ECHLda dastlabki guruh o'yinini o'tkazgandi
01 okt 2019 19:20
Yangiliklar


Kun tarixi: 16 yil avval shu kuni Ronaldu ECHLda dastlabki guruh o'yinini o'tkazgandi
Krishtianu Ronaldu 2003 yil 1 oktyabr kuni ECHL guruh bosqichida debyut qilgan.
Jamoadoshlarining nechtasining nomini aytib bera olasiz?
Aynan 16 yil oldin Krishtianu Ronaldu UEFA CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi dastlabki o'yinini o'tkazgan. O'shanda "Manchester Yunayted" Germaniyaning "SHtuttgart" klubiga 2:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. SHunga qaramay, 18 yoshli bolakayning katta hissa qo'shgani, bu "qizil iblislar" hujumchisi Ruud van Nistelroy penaltidan kiritgan golni Ronaldu ishlab bergani bo'lgan.
Krishtianu 2002/2003 yilgi mavsumda "Sporting Lissabon" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi ECHL guruh bosqichi saralashining uchinchi raundidagi bahsda ilk marta ko'rina boshlagan. Keyinchalik, o'sha mavsumning guruh o'yinida MYUga qarshi o'ynab Ser Aleks Fergyusson nazariga tushgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar