So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Kun mavzusi: PFL "Navbahor"ni nima uchun jazoladi? Yangiliklar

Kun mavzusi: PFL "Navbahor"ni nima uchun jazoladi?

Teglar :  PFLNavbahor
Bugun PFL rasmiy saytida "Navbahor" futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo'llanilgani haqida xabar chiqdi.

Bu xabarni o'qib ko'pchilik muxlislar "Navbahor" "Paxtakor"ni yutib qo'ydi, shunga PFL chiday olmasdan biror jazo "o'ylab topdi" degan xayolga borishdi. Buni saytimizda biroz avval chop etilgan "PFL Navbahor futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo'lladi" nomli xabar ostida qoldirilgan izohlardan bilsa bo'ladi. 

Aslida gap bunda emas. Gap shundaki, o'yindan keyingi matbuot anjumanida kichik janjal chiqqan. Bir boshdan boshlaymiz, odatga ko'ra anjumanlar xonasiga dastlab mehmon jamoa bosh murabbiyi SHota Arveladze kirib kelgan. Malumki, o'yindan keyingi matbuot anjumani OAV xodimlari uchun tashkil qilinadi va bunda muxlislarning ham zalga kirib olishiga yo'l qo'yilmaydi.

Xullas Arveladze kirganidan so'ng mahalliy muxlislardan biri unga "Paxtakor" oldingi yillari Namanganga kelganida ko'pincha hakamlar yordami bilan yutib ketardi, lekin bu safar o'yin halol bo'ldi, shunday o'yinlar qancha ko'paysa shuncha yaxshi" degan mazmunda o'z fikrini bildirgan va bunga javoban Arveladze "Men bu gaplarga izoh bera olmayman, chunki men bu jamoada yangiman, yaxshisi bugungi uchrashuv haqida gapirganim maqul degan". 

SHu payt anjumanlar xonasiga "Navbahor"ning boshqa bir muxlisi kirib keladi va u ham boya takrorlangan gapni aytadi va "Paxtakor" halol o'ynagani uchun klub bosh murabbiyiga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Gruziyalik murabbiy savol o'rniga fikrlar yangrayotganini ko'rib yana hayron qoladi. SHota Arveladze savollarga javob qaytarib bo'lgach, zalni tark etganidan so'ng to "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov kelguncha qisqa tanaffus bo'ladi. 

Va mana shu tanaffus paytida namanganlik ikki muxlis bir-biri bilan tortishib qoladi. Tortishuvga, aytish mumkinki, kichik janjalga "Paxtakor" haqida oldin deyarli tasavvurga ega bo'lmagan SHota Arveladzega nima sababdan "Paxtakor" avvallari Namanganda "toza" yutmaganini aytishi sabab bo'ladi. SHunda ikkinchi muxlis murabbiyga nima deb savol berishni o'zim bilaman, menga aql o'rgatma deydi va buning natijasida janjal kelib chiqadi. 

Lekin boshqalar aralashuvi oqibatida janjal tezda bartaraf etiladi va ikkala muxlis ham bir-biri bilan yarashib olishadi. Keyinchalik futbolga oid sayt va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu janjal voqealari aks etgan video tarqaldi. PFL esa video va klub vakillarining tushuntirish xatlari evaziga vaziyatni o'rganib chiqib "Navbahor"ni 10 million so'm miqdorida jazolashni lozim topdi. 

Bor gap shu. Bu erda hech qanaqasiga "Navbahor"ning "Paxtakor"ni yutib qo'ygani va boshqa omillar rol o'ynamayapti. Qisqasi, bu jazoning o'yinga va natijaga umuman aloqasi yo'q. Gap o'yindan keyingi matbuot anjumanida yuzaga kelgan tortishuv haqida boryapti. Xulosa o'rnida nima deyish mumkin? Malumki, o'yindan keyingi matbuot anjumanini tashkil qilish va o'tkazish asosan mezbon jamoa matbuot kotibi zimmasidagi ish hisoblanadi. SHuningdek, bu borada unga uchrashuv komissari ham yordam berishi kerak. CHunki biz Osiyo chempionlar ligasida ko'rganmiz, komissarlar o'yindan oldin va keyin matbuot anjumanlarini ham kuzatib borishadi. Lekin Namangandagi matbuot anjumanini PFL vakili bo'lib borgan shaxs nazorat qilmagan, balki video tarqalmaganida janjaldan umuman xabari bo'lmasligi ham mumkin edi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика