Kuman: “Millatlar Ligasi finalida o'ynash bosim emas, xush kayfiyat bag'ishlaydi”
09 iyu 2019 08:58
Yangiliklar
Kuman: “Millatlar Ligasi finalida o'ynash bosim emas, xush kayfiyat bag'ishlaydi”
“Agar turnir boshidan yodga oladigan bo'lsak, biz o'z guruhimizda Franciya va Germaniya bilan to'p tepganmiz va o'shanda hech kim bizni guruhda 1-o'rinni egallashimizni kutmagandi. Finalda to'p tepish bu bosim emas, aksincha bizga xush kayfiyat baxsh etadi.
Biz Franciya, Germaniya va Angliyani mag'lub etdik. Finalda Portugaliyani, uning hududida mag'lub etsak, ajoyib ish bo'lardi.
Bizning final uchun rejamiz bor va bu “plan” raqibda ham bo'lishi aniq. Ular himoyada kuchli o'yin ko'rsatishadi va o'z maydonlarida to'p tepishmoqda. Bu ikkita muhim jihat ular uchun muhim. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, raqib darvozasi oldida vaziyat yaratib, gollar urishimiz lozim. Bu final, unda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Fikrlar