Kuman: "Messi ketgach gol urishimiz qiyinlashadi. Ammo maqsadimiz - sovrinlar"
13 avg 2021 09:29
Yangiliklar
Kuman: "Messi ketgach gol urishimiz qiyinlashadi. Ammo maqsadimiz - sovrinlar"
"Albatta, gol urishimiz qiyinlashadi. Messi o'tgan mavsumda 30 ta gol urgandi. Endi esa boshqalar o'zlarini ko'rsatib, oldinga qadam tashlashlari lozim bo'ladi. Bu erda jamoaviy mehnat katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Fati va Koutino jarohatdan sog'ayib qaytgach, bizda ajoyib tarkib bo'ladi. Biz maqsadlarimizga erishish yo'lida qattiqroq ishlaymiz.
Bizda o'tish davri. Mavsumning boshi qiyin bo'ladi. Haliyam koronavirus bor va uning ustiga jarohatlangan futbolchilarimiz ham bor.
Maqsad o'sha-o'sha - sovrinlar yutish, chempion bo'lish va CHempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish. "Barselona" kabi jamoalar sovringa davogarlik qilmasdan turib mavsumni o'tkazishmaydi. Ammo, futbolni tushunadiganlar bizga qiyin bo'lishini sezib turishibdi", - dedi Kuman.
Fikrlar