Kuman: "Bu mavsumdan ko'prog'ini kutyapman"

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 17:17
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman yaqinlashib kelayotgan mavsum haqida gapirdi.

"Bu mavsumdan ko'prog'ini kutyapman. Umid qilamanki, bu mavsum o'tgan yilgisiga qaraganda yaxshiroq o'tadi. Barchasi jamoaga bog'liq. Klub esa maksimal natijalar uchun harakat qilmoqda.

Biz dunyoning eng ko'p muxlislarga ega klublardan birida ishlayapmiz. Shu boisdan natija uchun barchamiz birdek javob berishimiz va yuqori marralarga muxlislar bilan erishishimiz kerak", - dedi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal