Kuman: Barselona" La Ligadagi so'nggi 13-14 o'yinni ideal tarzda o'tkazdi
25 fev 2021 07:39
Yangiliklar


Kuman: Barselona" La Ligadagi so'nggi 13-14 o'yinni ideal tarzda o'tkazdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Elche"ga qarshi (3:0) o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oxirgi ikki natijadan keyin g'alaba biz uchun muhim edi.
Biz ikkinchi taymni yaxshi o'tkazdik va o'yin taqdirini hal qildik. Birinchi bo'limdan yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi.
Tarkibdagi o'zgarishlar jamoaga yangi qon kerakligi bilan bog'liq. Bizda o'yinlar ko'p, futbolchilar charchashyapti, kuch etmayapti. Baxtimizga ikkini taymda gol urdik - bu vazifamizni osonlashtirdi.
CHempionatning so'nggi 13-14 o'yinini ideal tarzda o'tkazmoqdamiz. Mavsum boshida muammolar bo'lgandi", - dedi Kuman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar