"Barsa" etakchilari Arauxoning "Real"ga qarshi o'ynashiga qarshi
10 may 2025 13:03
Yangiliklar
"Barsa" etakchilari Arauxoning "Real"ga qarshi o'ynashiga qarshi
11 may kuni "Barselona" Ispaniya La Ligasining 36-turi doirasida "Real"ga qarshi bahs olib boradi. Biroq uchrashuv arafasida "ko'k-anorranglilar"da keskinlik paydo bo'ldi.
"El Nacional" xabariga ko'ra, "Barselona"ning bir qancha asosiy futbolchilari bosh murabbiy Xans-Diter Flikdan Ronald Arauxoni jamoaga kiritmaslikni so'ragan. Sababi – uning Chempionlar Ligasidagi o'yinidan norozilik.
Arauxo "Inter"ga qarshi javob o'yinida zaxiradan maydonga tushdi, biroq so'nggi daqiqalarda gol olib kelgan xatoga yo'l qo'ydi. Kataloniyaliklar o'sha paytda oldinda edi va finalga bir qadam qolgandi.
Jamoadoshlarining tanqidlari fonida urugvaylik futbolchining "El Klasiko"dagi ishtiroki so'roq ostida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar