Kulibali ketma-ket 4 mag'lubiyat haqida nimalar dedi?
13 noy 2022 16:35
Yangiliklar


Kulibali ketma-ket 4 mag'lubiyat haqida nimalar dedi?
"CHelsi" futbolchisi Kalidu Kulibali APLning 16-turi doirasida "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
Grem Potter boshchiligidagi jamoa barcha turnirlarda so'nggi 4 o'yinda mag'lub bo'ldi, APL doirasida esa so'nggi 5 o'yinning 3tasida yutqazgan jamoa 2 marta durang o'ynadi.
"Bu og'riqli bo'ldi, ushbu stadionga 3 ochko uchun kelgandik. "Nyukasl" hozir yaxshi holatda ekanligini bilamiz, ular ancha chiroyli o'yin ko'rsatishmoqda. Ayniqsa o'z maydonida muxlislari uchun qattiq harakat qilishyapti.
"CHelsi" yomon o'yin ko'rsatdi, barchasiga o'zimiz aybdormiz. Bir-birimizga etibor berib, ishlashda to'xtamasdan "CHelsi"ni o'zi istagan o'rniga qaytarishimiz kerak. Tanaffus hozir biz uchun juda muhim. Biroz kuch to'plab, xatolarni qidirib, JCHdan keyin "CHelsi"ga g'ayratga to'la bo'lib qaytishimiz kerak", - dedi himoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar