"Kuchliroq bo'lib qaytaman" - Neymar
07 mar 2023 15:37
Yangiliklar


"Kuchliroq bo'lib qaytaman" - Neymar
PSJ hujumchisi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda jarohati haqida yangi post chop etdi.
Hujumchi 19 fevral kuni bo'lib o'tgan Franciya chempionatining 24-turidan o'rin olgan "Lill"ga (4:3) qarshi o'yinda jarohat olgandi. 31 yoshli braziliyalik yaqin kunlarda operaciya qilinadi. Neymar 3-4 oydan keyin umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda.
"Men kuchliroq bo'lib qaytaman", – deb yozgan futbolchi.
Neymar 2022/23 yilgi mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar