So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  2 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Kuchli-beshlikdagi eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoalar Yangiliklar

Kuchli-beshlikdagi eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoalar

Evropaning kuchli-beshlik chempionatlarida o'z darvozalaridan eng kam gol o'tkazib yuborgan darvozabonlar "beshligi".

Demak o'z chempionatlarida eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoalar haqida ketma-ketlik bilan tanishtirishni boshlaymiz.

5. "Tottenxem" - 35 o'yin (26 gol)


- Londonliklar ushbu mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tkazishmoqda. "Tottenxem" chempionlik uchun kurashda "Lester"ga raqobat qilayotgan yagona jamoa bo'lib turibdi. Kechagi durangdan so'ng ularning ham imkoniyatlari juda pastlagan bo'lsada, hali nazariy jihatdan "shporlar" chempionlik uchun kurashishsa bo'ladi. Umuman agarda jamoa ikkinchi o'rinni egallasa ham yomon natija hisoblanmaydi. "Tottenxem"ning fantastik mavsumini o'tkazayotganida nafaqat hujum vakillari, balki himoyachi va darvozabon Ugo Lorisning ham xizmati beqiyosdir. Franciyalik tajribali kiperning mahorati evaziga londonliklar hozirga qadar o'z chempionatlarida eng kam gol o'tkazib yuborishgan.

4. PSJ - 34 o'yin (18 gol)


- Franciya chempionatida chempionlik masalasini juda erta hal etib qo'ygan parijliklar uchun mavsum juda omadli boshlangandi. PSJ mavsum avvalida o'zining birinchi raqamli darvozaboni Siriguning xizmatlaridan foydalana olmadi. Ammo Trapp bildirilgan ishonchni ortig'i bilan oqladi desak mubolag'a bo'lmaydi. To'g'ri, PSJ jamoasining erishayotgan g'alabalarida hujum chizig'i va himoya vakillarining hissasi kattaroqdek ko'rinadi. Ammo nisbatan tajribasiz va yosh darvozabon joriy mavsumda o'zini yo'qotib qo'ymadi va jamoasining g'alabariga o'z ulushini co'shib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Trapp ayni paytda PSJ jamoasining birinchi darvozaboniga aylanib ulgurdi. Ushbu jamoa o'tkazilgan 34 o'yinda 18 marotaba o'z darvozasidan gol qo'yib yuborgan va bu borada PSJ kuchli-beshlik jamoalari ichida 3-4 o'rinni bo'lishib turibdi. Ishonchli himoya va darvozabon mahorati evaziga qo'lga kiritilgan maqtashga arzigulik natija.


3. "Yuventus" - 35 o'yin (18 gol)


- Turinliklar uchun mavsum qay darajada muvaffaqiyatsizlik bilan boshlanganini barcha eslasa kerak. "Yuventus" dastlabki 1-7 turlarda 12-16 pog'onalarda borgani ham yodimizda. Jamoa bir nechta etakchi futbolchilari - Pirlo, Tevez, Vidal kabi ijrochilarni qo'yib yuborganidan keyin va omadsiz startdan so'ng ko'pchilik "Yuve"ning "kambek" uyoqda tursin, o'ziga kelib olishiga ham shubha bilan qaragandi. Allegrining dastlabki mavsumini shunchaki omadga bog'lab, bu safar murabbiyning ham "Milan"dagi ishlarini eslashib, "Yuve" inqiroz ko'chasida qolib ketadi degan taxminlar ham bo'lgandi. Jamoa dastlabki turlarda ketma-ket o'z darvozasidan gollar o'tkazib, mag'lubiyatlardan boshi chiqmay qolgani kechagidek esimizda. Ammo "Yuve" ko'zning oxirlari va qishning boshlariga kelib yana qaddini tutdi. Bunda murabbiydan tortib, jamoaga yangi kelgan futbolchilarning xizmati katta bo'ldi. Ammo Buffon sardorligidagi himoya qo'rg'oni va Jijining darvozadagi ishonchli o'yinlari raqiblarning hujumlariga haqiqiy to'siq vazifasini o'tab berdi. Jiji startdan keyingi bosqichni shu qadar yaxshi o'tkazdiki, o'zining 38 yoshida Italiya A Seriyasi rekordini yangilab, yangisini urib qo'ydi. Kuni kecha esa "Yuve" A Seriyadagi ketma-ket beshinchi chempionlikni rasmiylashtirdi. Hozir esa A Seriyada Buffon darvozasiga yo'l topa oladigan futbolchini uchratish juda qiyin ish. Kamida himoya ham haqiqiy "askarlar"dan tashkil topgan. Xulosa shuki, Jiji Buffon qog'ozda yoshi o'tib, qariyotgandek. Maydonda esa o'sha-o'sha yuqori saviyasini saqlab turgan Buffonni ko'ryapmiz.


2. "Atletiko" - 35 o'yin (16 gol)


- Diego Simeone boshchiligidagi jamoaning qanday uslubda o'ynashi va istalgan raqibning rejalarini buzib qo'yadigan strategik yurishlari borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Futbol jamoaviy o'yin. Unda bir chiziq vakillari yoki birgina futbolchi bilan natija qayd etishning deyarli imkoni yo'q. "Atletiko" o'zining juda zich himoyasi va Oblakdek darvozaboni borligi uchun ham 90 daqiqa davomida raqib hujumlari bosimi ostida ham o'z darvozasini quruq saqlay olish qobiliyatiga ega. "Atletiko" himoyasini yorib o'tishning o'zi bir katta muammo. Omad kelib, himoya chizig'i vakillarining etiboridan qochib darvozani "o'qqa" tutgan taqdirda ham u erda o'z ishining ustasi Oblak jamoasini bir qator qiyin vaziyatlarda ham qutqaradi. Bu narsa esa raqiblarning ruhiy tomonlama sindirayotgani ham bor gap. Ispaniyada "Barselona" va "Real"dek jamoalar bo'la turib, bir necha yillardan buyon Simeonening "Atletiko"si ularga chempionlik poygasida to'sqinlik qilayotgani ham bejizga emas. "Atletiko" La Ligadagi eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa sanaladi. Oblak qo'riqlaydigan darvozani nishonga olish hozirgi kunda juda dolzarb mavzuga aylangan. "Atletiko" himoyasi va darvozasi alohida bir jamoa desak ham yanglishmaymiz.


1. "Bavariya" - 31 o'yin (14 gol)


- Germaniyada "Bavariya"ga raqib yo'q, Noyerga ish yo'q deb o'ylashadi. Ammo bunday emas. To'g'ri, "Bavariya" har bir o'yinda juda katta ustunlik bilan g'alaba qozonadi odatda. Ammo shunday o'yinlarda darvozabonlarga birmuncha qiyin bo'ladi. Sababi, butun o'yin davomida darvozasi oldida sanoqli xavf bo'ladi. Bu esa kiperlar uchun ancha qiyin yumush. CHunki 80 daqiqa davomida to'p seni darvozang tomon tepilmasa va o'yinga 10 daqiqa qolganida xavf solinsa, o'sha paytda xushyor turishing qiyin ish. Uchrashuv davomida darvozang tomon tepiladigan 10 ta zarbadan 7tasini bartaraf etishni har qanday posbon uddalay oladi. Noyer nafaqat darvozada turadi, balki butun o'yin paytida deyarli himoya chizig'ida to'p bilan muomalada bo'lib turadi. Kamiga jamoasi hujumini boshlab bergan pallalar ham bo'lib turadi. Bu esa bazi vaziyatlarda Noyerning zarariga ishlashi ham mumkin. CHunki maydonga qo'lqopi bilan tushgan Noyer asosan butsasini ishga soladi. SHunga qaramay Noyer hozircha kuchli-beshlik chempionatlarida o'z darvozasidan eng kam gol o'tkazib yuborgan posbon bo'lib turibdi. Jamoasi manfaati uchun qancha kam zarba yo'llansa shuncha yaxshi. Ammo darvozabonlar istaymizmi-yo'qmi raqib xamlasi va hujumlarini qancha ko'p bartaraf etishsa shuncha zavq olishadi. Har qanday inson o'z ishini yaxshi uddalasa shundan zavqlanib, rohat oladi. Noyer o'z ishini qoyillatishi va zavqlanishni biladi. Ammo ushbu kiper raqib hujumlariga "chanqab" o'zini yangi qirralarini maydon markazi oldida ishlatib turibdi. Har ikkala ishni ham qoyillatadigan Noyer haqli ravishda hozirgi kunda jahonning birinchi raqamli darvozaboni hisobalanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика