Kuadrado yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytiradi
04 okt 2021 19:57
Yangiliklar
Kuadrado yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytiradi
"Yuventus"ning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xuan Kuadrado klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Turin klubi rahbariyati 33 yoshli futbolchi bilan shartnomasini 2023 yilning yoziga qadar uzaytirishga tayyor.
O'tgan mavsum Kuadrado "Yuventus" safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Kuadrado "Yuventus"dan tashqari "CHelsi", "Fiorentina", "Lechche", "Udineze" va Kolumbiyaning "Independiente" klublarida o'ynagan.
Fikrlar