Kristian Telo: "Neymar Messini o'rnini bilintirmadi"
12 dek 2013 15:36
Yangiliklar


Kristian Telo: "Neymar Messini o'rnini bilintirmadi"
"Barselona" hujumchisi Kristian Telo ECHL 6-turidan o'rin olgan "Seltik" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (6:1) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
– Bizning o'yinimizda kichik pasayish bo'lgandi, ammo yirik g'alaba bu ortda qolganini ko'rsatdi, – deydi Telo UEFA rasmiy saytiga. – Bu g'alaba muhim edi. "Seltik"ni juda qattiq pressingda ushlab turdik. Natija esa tabloda.
Neymar Messini o'rnini bilintirmadi. Ko'pchilik uni markaziy hujumda o'ynay olmaydi degandi, xet-trik ularga munosib javob bo'ldi. U jamoaga ancha moslashib qoldi.
Neymar Messini o'rnini bilintirmadi. Ko'pchilik uni markaziy hujumda o'ynay olmaydi degandi, xet-trik ularga munosib javob bo'ldi. U jamoaga ancha moslashib qoldi.

Fikrlar