So’nggi yangiliklar

12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  4 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  1 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0

Kristian Gross: "Nasaf" jamoaviy o'yin ko'rsatishda kuchli" Yangiliklar

Kristian Gross: "Nasaf" jamoaviy o'yin ko'rsatishda kuchli"

OCHL 2-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Kristian Gross ishtirok etdi.


Kristian Gross: Biz OCHLni "Nasaf" bilan uyda boshlagandik va ertaga ham ushbu jamoa bilan kuch sinashamiz. Bizni juda qiyin bellashuv kutib turganini bilamiz. Dastlabki bahsda ham oson bo'lmagandi. Ertaga o'z maqsadimizga erishishga harakat qilamiz.


- O'tgan yilgi "Nasaf" bilan hozirgi jamoaning farqi nima deb hisoblaysiz?
- "Nasaf"ni o'tgan yili ham, bu mavsumda ham Ro'ziqul Berdiev boshqarib bormoqda. SHu bois jamoaning o'yin uslubida katta o'zgarish yo'q. Bahrom Abduraximov safardagi uchrashuvda maydonga tusha olmagandi. Ertaga bu futbolchi maydonga tusha oladi va o'ylashimcha, bu jamoani yanada kuchaytiradi. Ro'ziqul Berdievni esa kuchli mutaxassis deb bilaman.

- Omar Soma va Fetcafidis kabi futbolchilar Qarshiga kelishmagan. O'tgan yili ham jamoa to'purari Somani olib kelmagandiz. "Al Ahli" "Nasaf"ni mensimayaptimi?
- Tarkibimizda kuchli futbolchilar jamlanishgan va Qarshiga kela olmagan etakchilarimizning o'rnini ular bilan bemalol to'ldira olamiz. Somaning kelmaganiga qaytadigan bo'lsam, bu futbolchi mavsumlar oralig'ida jarohat olgandi. SHu bois Somaning biroz asrashga qaror qildim. CHunki milliy chempionatimiz ayni qizg'in pallada va bizni bir qator qiyin kechishi kutilayotgan o'yinlar kutmoqda. "Nasaf"ni mensimaymiz deya olmayman. Vaziyatdan kelib chiqib shu qarorga keldim. "Nasaf" qanday kuchga ega ekanligini bilamiz va dastlabki uchrashuvda ham oson bo'lmagan g'alabani qo'lga kiritdik. "Nasaf" jamoaviy o'yin ko'rsatishda juda kuchli. Ularda hech bir futbolchini ajratib ko'rsatishdan ko'ra, butun bir kuchli jamoa sifatida tariflash maqul. "Nasaf" hamjihatlikda va uyushqoqlik futbol o'ynaydi. Ularning eng katta kuchi ham shunda.

- "Al Ahli" jamoasi uchun milliy chempionatdagi ishtirok muhimmi yoki OCHL musobaqasi birinchi o'rindami?
- Biz uchun har ikkala musobaqa birdek muhim ahamiyat kasb etadi. OCHLda biz mamlakatimiz nomidan ishtirok etamiz va bu turnir shubhasiz juda katta musobaqa. Ichki chempionatdagi ishtirok har bir jamoa uchun doimo kerakli va muhim. SHu bois hech birini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Biz imkon qadar har ikkala frontda ham munosib qatnashmoqchimiz.

- Har doim matbuot anjumanlarida Ro'ziqul Berdiev haqida iliq fikrlar bildirasiz. Agarda yanada ochiqroy aytadigan bo'lsa, bu murabbiyning qaysi sifatlari sizga yoqadi?

- Ro'ziqul Berdiev zamonaviy futbol qarashlariga ega va uning g'oyalari ushbu talabga to'liq mos tushadi. Jamoasi esa juda uyushqoq va chiroyli futbol o'ynaydi. Uning shu sifatlari tufayli kuchli deb bilaman.



Komil Al Musa: Ertaga "Nasaf" bilan qiyin o'yin bo'ladi. Guruhda peshqadamlikni saqlagan holda pley-off bosqichiga yo'llanma olishni istaymiz. SHu boisdan ertaga ham o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritishimiz lozim.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика