"Kristal Pelas" "Maync" to'purarini 15 mln evroga xarid qilish huquqi bilan 1,5 yilga ijaraga oldi
22 jan 2021 15:18
Yangiliklar


"Kristal Pelas" "Maync" to'purarini 15 mln evroga xarid qilish huquqi bilan 1,5 yilga ijaraga oldi
"Kristal Pelas" "Maync" forvardi Jan-Filipp Matetani xarid qilish huquqi bilan bir yarim yilga ijaraga oldi.
23 yoshli franciyalik futbolchining ijarasi londonliklarga 2,7 million funt (3 million evro)ga tushdi.
"Pelas" Matetani 13,4 million funt (15 million evro) evaziga xarid qilishi mumkin, ammo hujumchi APL doirasidagi 15ta o'yinda asosiy tarkibda tushsa, bu band klub uchun majburiy bo'ladi.
Mateta - "Maync"ning eng yaxshi to'purari. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar