So’nggi yangiliklar

11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  0 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  10 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  4 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8

"Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted" 0:2 Yangiliklar

"Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted" 0:2

Ushbu sahifa orqali "Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasi olib boriladi.

                                         YANGILASH
                 
MATNLI TRANSLYACIYA

Salomat bo'ling, Aziz futbol ishqibozlari.

Uchrashuv statistikasi bilan tanishing: To'p bilan muomala qilish: 34% - 66%.  Darvozalar tomon zarbalar: 15-14. Aniq zarbalar: 6-5. Burchak to'plari: 6-4. 
 
    

 90+4-daqiqa. 

Uchrashuv yakunlandi! “Kristal Pelas” – “Manchester Yunayted” 0:2.  “Qizil iblislar” ishqibozlarini g'alaba bilan tabriklaymiz!


90+2-daqiqa. "Kristal Pelas" gol kiritish uchun imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo bu vaziyatdan mezbonlar unumli foydalana olishmadi.

90-daqiqa. Uchrashuvga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

89-daqiqa. Moyes jamoasi g'alabaga juda yaqin turishibdi. 

88-daqiqa. Fellayni o'rniga Fletcher maydonga tushdi. 

86-daqiqa. "Manchester Yunayted" futbolchilari so'nggi daqiqalarda asosan himoyalanishmoqda.

85-daqiqa. Mezbonlarning chap qanot bo'ylab uyushtirgan hujumi yana samarasiz yakunlandi. 

84-daqiqa. "Kristal Pelas" hujum tashkil etmoqda. Jamoa o'z muxlislari qarshisida maydonni golsiz tark etishni istashmayapti. 

83-daqiqa. Mezbonlar yana to'psiz qolishmoqda. 

81-daqiqa. Moyes birinchi gol muallifi van Persini o'rniga Valensiyani maydonga tushirdi. Yanuzay ham maydonni tark etdi. Uning o'rniga Giggz uchrashuvni davom ettiradi.

79-daqiqa. Yanuzay bilan hammasi joyida. U o'yinni davom ettirmoqda. 

77-daqiqa. Yanuzay maydonda jarohat olib yotibdi. Lekin mezbonlar to'pni maydon tashqarasiga chiqarib yuborishmayapti. Mana sizga feyr pley.

75-daqiqa. Yana o'zgarish: SHamax o'rniga Bolazi uchrashuvni davom ettiradi.

74-daqiqa. Biroz avval Myurrey o'rniga Jerome maydonga tushgandi. 

73-daqiqa. Mezbonlar burchak to'pi tepishadi. 

71-daqiqa. Uchrashuv chinakamiga qiziqarli tus olmoqda. Bir mezbonlar hujumga otlanishsa, oradan ko'p o'tmay mehmonlar hisobdagi farqni yana oshirish maqsadida oldinga intilishmoqda. Robin van Persining zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Yo'qsa hisob yiriklashardi.

70-daqiqa. Yana franciyalik himoyachining faolligi evaziga Moyes shogirdlari gol kiritishmoqda. Evraning chap qanotdan etkazib bergan to'pini Ueyn Runi o'zining ajoyib zarbasi bilan darvozani nishonga oldi. 

69-daqiqa. Golllll! Ueyn Runi! 0:2!

66-daqiqa. De Xeadan ajoyib seyv! Ispaniyalik posbon hozir jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. 

65-daqiqa. Mezbonlar tezkorlik bilan raqib jarima maydonchasi sari otlanishdi. Lekin "MYU" himoyasi ularni bu o'ylagan rejasini amalga oshirishlariga to'sqinlik qildi.

64-daqiqa. "Kristal Pelas" futbolchisi Evraga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi va hakam ikkilanmasdan 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Gollandiyalik hujumchi bu vaziyatda adashmadi.

62-daqiqa. Gooooooooooooool! van Persi 0:1!

61-daqiqa. Penalti! Evraga nisbatan qoida buzildi.

60-daqiqa. Devid Moyes o'z shogirdlariga ko'rsatmalar berishda davom etmoqda. Ushbu o'yinda "MYU"ga ochko juda zarur. 

58-daqiqa. Kuni kecha jamoasi bilan yangi bitimga imzo chekkan Ueyn Runi har doimgidek faol harakat qilmoqda. Ushbu futbolchi ham hujumda, ham himoyada birdek ter to'kmoqda. 

57-daqiqa. Bugun mehmonlar ko'plab standart vaziyatlariga ega bo'lishmoqda. Ammo ulardan samarali tarzda foydalana olishmayapti. Bu Moyes jamoasining hozirdagi eng asosiy kamchiliklaridan biri. 

55-daqiqa. SHamax maydon markazi yaqinida to'pni yo'qotdi va shu zaxotiyoq mehmonlar hujumga otlanishdi. Yanuzayga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.  

53-daqiqa. Ikkinchi bo'lim ham birinchisi singari boshlandi va scenariy ham shunga o'xshamoqda. Yana "Manchester Yunayted" futbolchilari asta-sekin o'yin tizginini o'z qo'llariga olishmoqda. 

50-daqiqa. Nihoyat Speroni ham o'yinga kirishdi. Osonlik bilan to'pni egallab olib, jamoasining navbatdagi hujumini boshlab berdi.

49-daqiqa. "Kristal Pelas" gol urishni  juda istamoqda. Birin-ketin uyushtirilayotgan hujumlar bunga misol bo'la oladi. 

48-daqiqa. Yana burchak to'pi. Mehmonlar qiyinchilik bilan himoyalanishmoqda. 

47-daqiqa. Mezbonlar ikkinchi bo'limni ham birinchisidek faollik bilan boshlashmoqda. Ikkinchi bo'limdagi ikkinchi burchak to'pini tepishmoqda.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

23:23. Birinchi bo'lim statistikasi: To'p bilan muomala qilish: 28% - 72% tashqil etadi. Darvozalar tomon zarbalar bo'yicha ham mehmonlar oldinda: 4-8. Aniq zarbalar 1-1. Burchak to'plari: 2-4.  O'yindan tashqari holat: 1-2.

Hakam jamoalarni tanaffusga chorladi!

45-daqiqa. Runi jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p shundoqqina darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

44-daqiqa. Ajoyib imkoniyatni Fellayni ko'kka sovurmoqda. Mata tomonidan uzatib berilgan to'pni raqib darvozasiga yo'llash qolgandi xolos. Lekin Fellaynining zarbasi noaniq bo'ldi.

43-daqiqa. Runi raqib posboni Speronini tekshirib qo'rdi. Angliyalik to'p ustasining zarbasi mezbonlar darvozaboniga ortiqcha qiyinchilik to'g'dirmadi. 

42-daqiqa. "Kristal Pelas" tarkibida "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Maruan SHamax harakat qilmoqda. Ushbu hujumchi birinchi bo'limda aytarli ko'zga ko'rinmadi.

40-daqiqa. Mezbonlar futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

39-daqiqa. Ins chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirib berdi. Ammo bu vaziyatda De Xea osonlik bilan to'pni egallab oldi. 

37-daqiqa. Mezbonlar bugun to'liq qarshi hujumda harakat qilishmoqda. 

35-daqiqa. Runi va Matani raqib futbolchilari hozircha ishonchli tarzda quriqlashmoqda. 

33-daqiqa.  Runi raqib futbolchilari aldab o'tib, to'pni chiroyli tarzda van Persiga oshirdi. Gollandiyalik hujumchi bu vaziyatda o'yindan tashqari holatda qolib  ketgan ekan. 

31-daqiqa. "Manchester Yunayted" futbolchilari maydon markazida to'pni  bir-birlariga oshirib, navbatdagi hujumni boshlashga chog'lanishmoqda. 

28-daqiqa. Mezbonlar tezkorlik bilan javob qaytarishdi. Lekin De Xeaning ishonchli harakati tabloda hisob o'zgarishiga yo'l qo'ymadi. 

27-daqiqa. Xavfli vaziyat! Runi tomonidan jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'p darvoza tusiniga tegib qaytdi. Bu vaziyatda mehmonlar futbolchilariga biroz faollik va aniqlik etishmadi.

26-daqiqa. Yanuzay o'z qanotida faol harakat qilmoqda.  

25-daqiqa. Birinchi bo'limning teng yarmi nihoyasiga etdi. Lekin hisob ochilganicha yo'q. 

23-daqiqa. Mehmonlar navbatdagi burchak to'pini amalga oshirishdi. Bu safar ham "Kristal Pelas" himoyachilari to'pni o'z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishdi. 

21-daqiqa. O'yin surati biroz pasaygandek. 

20-daqiqa. "Manchester Yunayted" futbolchilari birin-ketin hujumlar uyushtirishmoqda. Ammo ularni so'nggi qarorini raqib himoyachilari "o'qib" olishmoqda.

18-daqiqa. Yanuzay mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi. Lekin bu vaziyatda Yanuzay qo'li bilan to'pga tekkani uchun, hakam golni inobatga olmadi.

17-daqiqa. Mezbonlar qarshi hujum uyushtirishmoqchi bo'lishgandi, biroq ularni bu rejasi amalga oshmay qoldi. 

14-daqiqa. Hozircha xavfli vaziyatlarsiz.

12-daqiqa. Uchrashuv tizgini to'liq mehmonlar o'z qo'liga oldi. "Kristal Pelas" himoyalanish bilan ovora bo'lib qoldi. 

10-daqiqa. MYU burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Lekin bu samara keltirmadi. 

9-daqiqa. Moyes shogirdlari to'pni o'z nazoratlari ostiga olishdi.

7-daqiqa. Yanuzayning darvoza tomon yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

6-daqiqa. Runi nihoyat mehmonlarning ilk hujumini boshlab berdi. Ammo mezbonlar himoyasi ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

3-daqiqa. Mezbonlar burchak to'pi tepishdi. 

2-daqiqa.
"Kristal Pelas" o'yin debyutidayoq hujumga otlandi. Ammo "Manchester Yunayted" himoyachilari hujumni bartaraf etishga erishishdi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

22:29. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bir necha soniyalardan so'ng uchrashuvga start beriladi.
22:20. "Kristal Pelas" jamoasi 26 ochko jamg'arib turnir jadvalida 15 o'rinda ketayotgan bo'lsa, "Manchester Yunayted" klubi o'z hisobiga 42 ochkoni yozdirib qo'yib, 7 pog'onani egallab turibdi. Agarda bugun mehmonlar g'alaba qozonadigan bo'lishsa, ochkolar bo'yicha "Everton" jamoasiga etib olishadi.
22:00. Bugun Devid Moyes shogirdlari mehmonda "Kristal Pelas" bilan o'zaro kuch sinashishadi. Eslatib o'tamiz, bu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida "qizil iblislar" (0:2) hisobida g'alaba qozonishgan edi. 
21:45. Jamoalarning boshlag'ich tarkiblari malum bo'ldi.


Kristal Pelas – Manchester Yunayted 0:2 (0:0)
22 fevral, 22.30, Selxerst Park
Gollar: van Persi (62-penaltidan), Runi (69).
Kristal Pelas – Speroni, Dileyni, Denn, Uord, Parr, Panchon, Ins (Gayl 84), Edinak, Ledli, Myurrey (Jerom 66), SHamax (Bolazi 75).
Manchester Yunayted – De Xea, Vidich, Smolling, Rio Ferdinand, Evra, Yanuzay (Giggz 81), Kerrik, Fellayni (Fletcher 88), Mata, van Persi (Valensiya 81), Runi.
Ogohlantirishlar: Vidich (59), Giggz (90).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика