So’nggi yangiliklar

17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  0 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  0 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  1 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   11 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2

Krishtianu Ronaldu: "Uyga qaytganimdan xursandman" Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: "Uyga qaytganimdan xursandman"

"Manchester Yunayted"ga o'tgan Krishtianu Ronaldu klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Krishtianu, yana bir bor "Manchester Yunayted" futbolchisi ekanligingizni his qilish qanday bo'lmoqda?
- Bilasiz, bu klub bilan fantastik tarixim bor. Bu erga 18 yoshimda kelganman va 12 yildan so'ng qaytishdan xursandman. Jamoa tarkibidagi ilk o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman.

- Klubga qaytishingizda Ser Aleksning o'rni qanday bo'ldi?
- 18 yoshimda bu erda kelishimga aynan Ser Aleks sababi bo'lgandi. Ser Aleks - futboldagi otam. U menga ko'p yordam bergan va fikrimcha qaytishimga asosiy sababchi ham aynan u.

Oramizdagi munosabatlar alo darajada, doimo gaplashib turamiz, u yoqimli inson. Uni rostdan ham yaxshi ko'raman. Bu erga kelganim aynan uning sharofati.

- Hayotingiz va faoliyatingizdagi aynan shu qismiga kelib bu erga qaytganingizning sababi nima?
- Menimcha ushbu qarorga kelish uchun ayni fursat edi. Bu transfer menga kerak edi. "Yuventus"dan MYUga keldim - bu kitobning yangi bobi. Juda xursandman, tarixda o'z izimizni qoldirib, jamoaga sovrinlar yutishida yordam bermoqchiman.

- "Yunayted" muxlislariga qanday aytar gaplaringiz bor.
- Muxlislar - futboldagi asosiy faktor. Endi o'tgan yilgi kabi stadionlar bo'm-bo'sh bo'lmaydi. Muxlislar - muvaffaqiyat kaliti. "Manchester Yunayted" muxlislarini yaxshi bilaman, ular o'zgacha.

Ular hali hamon men haqimda qo'shiqlar kuylashini bilaman, bu esa meni yanada baxtliroq qiladi. Ularning oldidagi majburiyatim esa - maydonda yaxshi harakat qilib, qo'limdan kelgancha gollar urib, jamoaga yordamimni ayamaslik. Umid qilamanki, muxlislar buni tezda ko'rishni boshlashadi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика